Prezident Erdo'g'an: “Turkiya terror tashkilotiga qarshi kurashini uzluksiz davom ettiradi”.

Prezident Erdo'g’an Denizlidagi ochilish marosimida xalqqa xitob etdi.

1107632
Prezident Erdo'g'an: “Turkiya terror tashkilotiga qarshi kurashini uzluksiz davom ettiradi”.

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'anning qayd etishicha, Turkiya terror tashkilotiga qarshi kurashini uzluksiz davom ettiradi.  

Prezident Erdo'g’an Denizlidagi ochilish marosimida xalqqa xitob etdi.

Unda Turkiyaning terrorizmga qarshi kurashiga to’xtalgan Prezident Erdo'g’an, “(Iroq) Sinjarga, Karakochga kirib bordik. Uchoqlarimiz u yerlarni PKK a’zolari uchun mozorga aylantirdi. O’z qo’li bilan qazigan ana shu chuqrularini, o’zlariga mozor qilib qoyamiz. Bir kuni kechasi borib qolamiz degandik, mana kirib bordik ham” degan ifodalarga o’rin berdi.     

Prezident Erdo'g’an terrorizmga qarshi kurashni ham Turkiyada, ham chet elda uzluksiz davom ettirmoqchi ekanliklarini ham o’z so’ziga ilova etdi.

So’zlari yakunida 2-oktabr kuni Saudiya Arabistonining Istanbuldagi Bosh konsullik binosida yovvoyilardek o’ldirlgan saudiyalik jurnalist Jamol Kashikchi jinoyatiga ham to’xtalgan Prezident Erdo'g’an, Turkiyaning prinsipial munosabati tufayli butun dunyo tomonidan olqishlanganligini qayd etdi.

Turk Sudi, xavfsizlik va razvedka tashkilotining jiddiy faoliyatlari natijasida jinoyatni o’rtaga chiqarganliklarini belgilab o’tgan Erdo’g’an, “Qotillar yurtimizni tark etgan soatlarda, nimalar bo’lganligi ham noma’lum edi. Agar biz bo’lmaganimizda edi, haqiqat o’rtaga chiqmas edi. Haligacha kuzatib bormoqdamiz” deya gapirdi.



Aloqador xabarlar