Turkiya prezidenti Erdo’g’an O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tabrik yo'lladi

“24-noyabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan, barcha o‘qituvchi va murabbiylarimizni shaxsan o’z nomimdan, qolaversa xalqim nomidan chin yurakdan tabriklayman! Qalbimizning to’ridan joy olgan o’qituvchilarimizdan barchamiz qarzdormiz”.

1094049
Turkiya prezidenti Erdo’g’an O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tabrik yo'lladi

Turkiyada har yili 24-noyabr kuni O‘qituvchi va murabbiylar kuni sifatida keng nishonlanadi.

Shu munosabat bilan, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an va boshqa davlat arboblari mamlakatdagi o‘qituvchi va murabbiylariga samimiy tabrik yo‘lladi.

Prezident Erdo’g’an kelajakni shakllantirgan o‘qituvchi va murabbiylarning borligiga yana bir bor shukronalar aytdi.

“24-noyabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan, taraqqiy etgan va farovon Turkiya sari olg’a qadam tashlashimizda eng katta kafolatimiz bo’lgan, yosh avlod tarbiyasi uchun ko‘z nuri, qalb qo‘ri, butun borlig‘ini baxsh etadigan o‘qituvchi va murabbiylarimizni shaxsan o’z nomimdan, qolaversa xalqim nomidan chin yurakdan tabriklayman! Qalbimizning to’ridan joy olgan o’qituvchilarimizdan barchamiz qarzdormiz”,-deydi prezident Erdo’g’an o’z tabrigida.

O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Turkiya Oliy majlis raisi Binali Yildirim ham tabrik yo’lladi.

Binali Yildirim o’z tabrigida avvalo yoshlarni erkin fikrlovchi, vijdoni pok, ilm-u irfon sohibi qilib yetishtirgan fidoiy o’qituvchilarga minnatdorlik bildirdi.

“Bugun, yosh avlodni kelajakning yetuk insonlari qilib tarbiyalagan o’qituvchilarimizga nisbatan samimiy tuyg’ularimizni ifoda etish uchun katta fursatdir. Ibrat namunasi, yuksak insoniy fazilatlar timsoli bo‘lgan sizlar kabi aziz va mo‘’tabar zotlar sha’niga har qancha yaxshi so’zlarni aytsak oz. Kelajagimizning kafolati bo’lgan farzandlarimizni yetishtirishda mehnati beqiyos bo’lgan fidoiy o’qituvchilarimizning mehnati yuksak qadrlanadi. Fursatdan foydalanib, barcha o‘qituvchilarimizni 24-noyabr O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tabriklayman!”,-deydi Binali Yildirim o’z tabrigida.

Turkiya xalq ta’limi vaziri Ziyo Selchuk ham O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tabrik yo’lladi.

“Yosh avlod tarbiyasi uchun ko‘z nuri, qalb qo‘ri, butun borlig‘ini baxsh etgan, katta sabr bilan o’quvchi yetishtirgan barcha ustozlarni, sharafli kasb egalarini 24-noyabr O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tabriklayman!”,-deydi xalq ta’limi vaziri Ziyo Selchuk.

 

 



Aloqador xabarlar