Burak Ozchivit Mehmet Bo‘zdag‘ning “Tirilish. Usmon” serialida bosh qahramonni gavdalantiradi
Mashhur turk aktyori Burak Ozchivit “Tirilish. Usmon” serialida Usmoniylar saltanati asoschisi Usmon obrazida namoyon bo‘ladi.

Burak Ozchivit Mehmet Bo‘zdag‘ning “Tirilish. Usmon” serialida bosh qahramonni gavdalantiradi
Mashhur turk aktyori Burak Ozchivit “Tirilish. Usmon” serialida Usmoniylar saltanati asoschisi Usmon obrazida namoyon bo‘ladi. Bu haqda “Tekden film” va “Bo‘zdag‘ film” boshqaruv kengashi raisi Mehmet Bo‘zdag‘ o‘zining Instagram’dagi shaxsiy sahifasida xabar bergan, deb yozadiMyDay.
Mazkur serial hozirda dunyoning turli davlatlarida namoyish etilayotgan “Tirilish. Erto‘g‘rul” serialining davomi bo‘lib, 2019—2020-yillarda suratga olinib, efirga uzatiladi.
Ma’lumot uchun, turk rejissori va prodyuseri Mehmet Bo‘zdag‘ 15-oktabr kuni “Jaloliddin Manguberdi” tarixiy serialini tasvirga olish ishlarida hamkorlik borasida muzokaralar o‘tkazish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan edi.
Aloqador xabarlar

Turkiya Finlyandiyaning NATOga a’zolik arizasini ko‘rib chiqishga tayyor
Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an “TRT” telekanali efirida aytib o‘tdi.