Erdo'g’an, “Adolat butun odam bolasining mushtarak qadriyati va talabidir”.

Prezident Erdo'g’an Istanbuldagi Dolmabaxcha saroyida uyushtirilgan Xalqaro Oliy sudlar sammitidagi kechki ovqatda, dunyoning turli davlatlaridan mazkur sammitda ishtirok etish uchun kelgan mehmonlarga hitob etdi.

1068002
Erdo'g’an, “Adolat butun odam bolasining mushtarak qadriyati va talabidir”.

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an millionlab inson umid qilgan xalqaro tizimning cho’kish arafasida ekanligini qayd etdi.

Prezident Erdo'g’an Istanbuldagi Dolmabaxcha saroyida uyushtirilgan navbatdagi Xalqaro Oliy sudlar sammitidagi kechki ovqatda, dunyoning turli davlatlaridan mazkur sammitda ishtirok etish uchun kelgan mehmonlarga hitob etdi.

Erdo'g’an, adolatning butun odam bolasining mushtarak qadriyati va talabi ekanligini eslatdi.

Yer yuzida zulm, nohaqlik, faryod va ko’z yoshining to’xtamaganligini ta’kidlagan Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an, “Odamgarchilik Bosniyada, Myanmada, Suriyada on minglab, yuz minglab, millionlab insonning shafqatsiz ravishda o’ldirilishiga monelik qilolmasa, unda bu dunyoda adolat haqida nima ham deyishimiz mumkin?” degan ifodalarga o’rin berdi.

“G’arbliklar tomonidan axlatga tashlanib, isrof etilgan oziq-ovqatlar Afrikadagi barcha och insonlarni toydiradigan darajaga yetib kelsa unda adolat haqida gapirish mumkinmi?” degan Prezident Erdo'g’an, “Faqatgina o’zining xavfsizlik va tinchligi uchun mazlumlarga darvozasini yopgan davlatlar shunga qaramay rivojlangan davlat statusini ko’tarib yurgan shu paytlarda o’zimizni qanday qilib adolat doirasi ostida his qilaylik” deya gapirdi.  

Prezident Erdo'g’an Birlashgan Millatlar bosh bo’lish bilan birga dunyodagi barcha odam bolasining xavfsizlik va tinchligini ta’minlashga bag’ishlagan bir necha tashkilotning, bu borada imzolangan bir necha xalqaro hujjati borligini eslatgan holda,   

“Afsuski bu tashkilotlar, mazkur hujjatlarda ko’zda tutilganidek faoliyat olib bormayapdi. Millionlab inson umid qilgan xalqaro tizim cho’kish arafasida” dedi.

Erdo’g’an Turkiyaning tez-tez BMTning ayniqsa, Xavfsizlik kengasining islohotga muhtoj ekanligini qayd etganligini eslatdi.

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an, “Dunyo beshdan kattadir” degan so’zlarimiz ostida aslida adolat talabi mavjud. Dunyodagi 193 mamlakatning taqdiri faqatgina 5 mamlakatga, hatto bitta mamlakatga bog’lanib qolishi eng katta adolatsizlikdir. Buning uchun biz tizimning yangidan tashkil etilishini xohlaymiz. Uning butunlay ilohotga muhtoj ekanligiga ishonchimiz komil” dedi.



Aloqador xabarlar