Bugun Batman viloyatida terrorizmni qoralash maqsadida miting o'tkaziladi
Kecha Batman viloyatiga qarashli Gerjush tumani tog’liq hududlaridan zirhli harbiy mashina o’tib ketayotgan paytda terroristlar tomonidan yo’lga ko’milgan mina portlatilgan.

Bugun, 5 oktyabr juma kuni Turkiyaning Batman viloyati Gerjush tumanida terror tashkiloti PKKni qoralash maqsadida miting o’tkaziladi.
Nodavlat tashkilotlar tomonidan tashkil qilingan mitingda kecha sodir etilgan terrorchilik harakati qoralanadi.
Ma’lumki, kecha 4 oktyabr payshanba kuni Batman viloyatida terror tashkiloti PKK tomonidan portlash sodir etildi.
Portlashda halok bo’lganlar soni 8 kishiga yetdi.
Eslatish joizki, kecha Batman viloyatiga qarashli Gerjush tumani tog’liq hududlaridan zirhli harbiy mashina o’tib ketayotgan paytda terroristlar tomonidan yo’lga ko’milgan mina portlatilgan.
Portlash oqibatida mashina ichida bo’lgan 4 askar halok bo’lgan, 5 askar yaralangan.
Yarador askarlardan ahvoli og’ir bo’lgan 4 nafari shifoxonada olamdan o’tgan.