Mavlud Chavushog’li:"Idlib shartnomasi bir fursatdir, buni qo’ldan boy bermaslik zarur”

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li Nyu-Yorkdagi BMT Bosh assambleyasining 73-sessiyasi doirasida Rossiya va Eron tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashuv o’tkazgach matbuotga intervyu berdi.

1057586

Mavlud Chavushog’li oldindan rejalangan uch tomonlama uchrashuvdan maqsad 17 sentyabrda Rossiyaning Sochi shahrida Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an va Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan imzolangan Idlib shartnomasini hayotga tadbiq etish ekanligini ma’lum qildi.

Uning so’zlariga ko’ra, Rossiya bilan Turkiya o’rtasida tuzilgan Idlib shartnomasi Suriyada siyosiy yechimni ta’minlash uchun so’ngi fursat ekanligini ma’lum qildi.

“Shu sababli, bu fursatni qo’ldan boy bermaslik zarur”,-deydi Mavlud Chavushog’li.

“Bu shartnoma Turkiya, Rossiya va Eron tomonidan qo’llab quvvatlanmoqda. Idlib shartnomasi asosan Suriya masalasiga siyosiy jihatdan yechim topish uchun so’ngi imkoniyatdir. Bu fursatni qo’ldan boy bermaslik zarur. Fursatdan foydalanib, rejim va muxoliflarni yuzma-yuz uchrashtirib, siyosiy jarayonni tezlashtirishimiz kerak”,-deydi u.

Endilikda eng muhim tashabbuslardan biri Suriyada konstitutsiya komissiyasini tashkil qilish ekanligini ma’lum qilgan Chavushog’li: “Endi, Suriya inqirozi siyosiy jarayon bilan tinchlik va barqarorlik hukm surgan davrga qaytishi kerak”,-dedi.

Aloqador xabarlar