Turkiya xalq ta'limi vaziri Ziya Selchuk Buyuk Britaniya elchisini qabul qildi
Ma'lumotga ko'ra, elchi Dominick Chilcott Ziya Selchukni yangi lavozimga tayinlanganligi munosabati bilan tabrikladi.
1028384
Turkiya xalq ta'limi vaziri Ziya Selchuk Buyuk Britaniyaning Turkiyadagi favqulodda va muhtor elchisi Dominick Chilcottni qabul qildi.
Bu haqda xalq ta'limi vazirligining rasmiy internet saytida ma'lum qilindi.
Ma'lumotga ko'ra, elchi Dominick Chilcott Ziya Selchukni yangi lavozimga tayinlanganligi munosabati bilan tabrikladi.
Selchuk Ziya tabrik uchun Buyuk Britaniya elchisiga minnatdorlik bildirdi.
Suhbat chog'ida Turkiya bilan Buyuk Britaniya o'rtasida ta'lim sohasidagi munosabatlariga doir fikr almashildi.