Hami Akso’y:"Suriyaning Afrin tumanida kundalik hayot o’z yo’liga tushdi"

Tashqi ishlar vazirligi kotibi Hami Akso’y TRT Xabar kanalida xorijlik jurnalistlarni Afringa taklif qilish faoliyatiga bag’ishlangan jonli ko’rsatuv mehmoni bo’ldi.

1003829
Hami Akso’y:"Suriyaning Afrin tumanida kundalik hayot o’z yo’liga tushdi"

Turkiya hukumati Suriyaning Afrin tumanida kundalik hayot o’z yo’liga tushganligini ma’lum qildi.

Tashqi ishlar vazirligi kotibi Hami Akso’y TRT Xabar kanalida xorijlik jurnalistlarni Afringa taklif qilish faoliyatiga bag’ishlangan jonli ko’rsatuv mehmoni bo’ldi.

Ma’lumki, xorijlik jurnalistlar tashqi ishlar vazirligi, bosh vazirlik qoshidagi nashriyot, matbuot va informatsiya boshqarmasi va harbiy bosh shtab hamkorligida Afringa taklif qilindi. Maqsad Afrinda Turkiyaning amalga oshirgan faoliyatlarini dunyoga yetkazishdir.

Jumladan, 16 davlatdan jami 32 nafar jurnalist Afringa kelganligini ma’lum qilgan Akso’y taxminan 50 jurnalist bilan birga O’njupinar chegara postida ular bilan uchrashganligini aytdi.

Afrin orqali Turkiyaga qarshi tashviqot olib borilganligiga diqqat qaratgan Akso’y: “Mana o’zingiz ham ko’rib turibsiz. Kundalik hayot iziga tushdi. Onalar farzandlari bilan bemalol savdo-sotiq qilmoqda. Hayot jonli davom etayotganligini ko’rib turibsiz. U yerda vayron bo’lgan Afringa duch kelmadik”,-dedi.

“Ma’lum bo’lganidek, bir muddat avval afrinliklar o’z hokimiyatini tashkil qildilar. Hokimiyat vakillari ichida kurdlar, turkmanlar va arablar ham bor. Xavfsizlik nazorati asta-sekin ularga topshirilmoqda. Albatta, Turkiya bir muddat u yerda faoliyat ko’rsatadi. Bu jihatdan bir necha hafta deya vaqt belgilash to’g’ri emas. Faqat, aytganimdek xavfsizlik kuchlarining malakasini oshirish va harbiy jihatdan ta’minlash bilan bog’liq faoliyatlar jadallik bilan davom etmoqda”,-dedi Hami Akso’y.

Uning ta’kidlashicha, xozirda 140 mingdan ortiq aholi Turkiyadan Afringa qaytib ketdi. O’z uylariga borib joylashdi. Bu esa, vaziyatning yaxshilana boshlaganligidan darak beradi.

“Bor kuchimiz bilan Afrinni oyoqqa turgizishga harakat qilyabmiz. Tashqi ishlar vazirligi sifatida xorijlik jurnalistlarni bu yerga olib kelishimizning sababi u yerdagi haqiqiy sharoitni o’z ko’zi bilan ko’rishlaridir. Chetdan turib fikr bildirish oson. Faqat, Turkiyaning Afrinda qanday ishlarni amalga oshirganligini o’z ko’zlari bilan ko’rishini xohladik. U yerda terrorizm balosini daf qildik va Afrinni o’z xalqiga topshirdik”,-dedi Hami Akso’y.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Afrin , #Suriya , #xorijlik jurnalist

Aloqador xabarlar