Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Quvayt amiri bilan muloqot qildi

“Prezident Erdo’g’an suhbat chog’ida Quvayt amiri Shayh Sabahdan o’g’li Shayh Nosirning salomatligi haqida ma’lumot oldi. Shayh Nosirning tezda sog’ayib ketishini tiladi”,-deyiladi ma’lumotda.

1003217
Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Quvayt amiri bilan muloqot qildi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Quvayt amiri Shayh Sabah al-Ahmad al-Jobir as-Sabah bilan telefonda muloqot qildi.

Bu haqda prezidentlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

“Prezident Erdo’g’an suhbat chog’ida Quvayt amiri Shayh Sabahdan o’g’li Shayh Nosirning salomatligi haqida ma’lumot oldi. Uning boshidan o’tgan jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o’tganligi haqida ma’lumot oldi. Shayh Nosirning tezda sog’ayib ketishini tiladi”,-deyiladi ma’lumotda.

Quvayt amiri Shayh Sabah ham fursatdan foydalanib, prezident Erdo’g’anni takror saylovdagi g’alabasi bilan tabrikladi.

 



Aloqador xabarlar