Ibrahim Kalin Turkiyaning Bolqon siyosatini baholadi

Daily Sabah gazetasida chop etilgan maqolasida Turkiyaning Bolqon siyosatini baholagan Kalin, Fetullahchi terror tashkiloti Parallel Davlat tuzilmasini ham ogohlantirdi.

984809
Ibrahim Kalin Turkiyaning Bolqon siyosatini baholadi

Prezidentlik apparati Matbuot xizmati voizi Ibrahim Kalin Turkiyaning Bolqon davlatlarida olib borgan iqtisodiy, siyosiy va madaniy faoliyatlariga e’tibor qaratdi.

Daily Sabah gazetasida chop etilgan maqolasida Turkiyaning Bolqon siyosatini baholagan Kalin, Fetullahchi terror tashkiloti Parallel Davlat tuzilmasini ham ogohlantirgan holda,

“FETO nafaqat Turkiyani balki Bolqon davlatlarini ham tahdid qilmoqda. FETO dinga kamida DEASh qadar ziyon yetkazdi” dedi.

Kalin Turkiyaning butun Bolqon davlatlariga muhim investitisylar kiritganligini eslatib ortidan,

“Turk hukumati, davlat vazirlari, xususiy firmalar va jamiyatlar butun Bolqon davlatlarida yuzlab loyihalarni yo’lga qo’ydi yoki faoliyatlarini davom ettirmoqda. Turkiya cho’rvachilik bilan shug’ullanganlarni qo’llab-quvvatlash niyatida Bosniyadan hayvon ipmort qilmoqda. Undan tashqari Sarayevo-Belgrad avtomobil yo’li Turk firmalari tomonidan qurilib, Bolqon davlatlarida tinchlik yo’li sifatida xizmat beradi” degan ifodalarga o’rin berdi.

Ibrahim Kalin Turkiyaning Bolqon ko’z qarashini “siyosiy barqarorlik, iqtisodiy o’sish va madaniy rivojlanish” deya uch kategoriyada baholadi.

Turkiyaning Bolqon davlatlarini siyosiy jihatdan himoya qilish uchun barcha tashabbuslarni qo’llab-quvvatlaganligini qayd etgan Kalin,

“Turkiya Bolqon davlatlarining xavfsizlik xodimlariga ta’lim berib, qo’llab-quvvatlamoqda. Bolqon davlatlarining NATO va Yevropa ittifoqi a’zoligini qo’llab-quvvatlaymiz. Mintaqaning isyosiy barqarorligi nafaqat Yevropa uchun balki butun dunyo uchun katta ahamiyat kasb etadi” dedi.



Aloqador xabarlar