Prezident Erdog’an Koreyadagi tarixiy uchrashuvni qo’llab-quvvatladi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an o’zining twitter hisobi orqali Janubiy va Shimoliy Koreya kelajagi uchun kecha Panmunjomda o’tkazilgan tarixiy uchrashuvni qo'llab-quvvatladi.

960179
Prezident Erdog’an Koreyadagi tarixiy uchrashuvni qo’llab-quvvatladi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Janubiy va Shimoliy Koreya o’rtasidagi munosabatning rivojlantirilishi va Koreya yarim orolining yadroviy qurollardan qutqarilishi yo’lida tashlangan tarixiy qadamni qo’llab-quvvatlaganligini qayd etdi.  

Prezident Erdog’an o’zining twitter hisobi orqali Janubiy Koreya Prezidenti Moon Jae-in bilan Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Jong-un o’rtasida kecha Panmunjomda o’tkazilgan uchrashuvdan xursand bo’lganligini ma’lum qildi.

Kelasi hafta 2-may kuni amaliy tashrif bilan Seulda bo’lishini eslatib unda Prezident Moon Jae-in bilan ham mazkur masalani qo’lga olajagini ifoda etgan Prezident Erdog’an,

“Janubiy va Shimoliy Koreya o’rtasidagi munosabatning rivojlantirilishi va Koreya yarim orolining yadroviy qurollardan qutqarilishi yo’lida tashlangan tarixiy qadamni qo’llab-quvvatlab, bu jarayonning muvaffaqiyatli ravishda davom etishini tilab qolaman” dedi.

Aytib o’tish joizki Prezident Rajap Tayyip Erdog’anning mazkur so’zlari koreys tiliga ham tarjima qilinib, twitter orqali tarqatildi.

 



Aloqador xabarlar