Turkiya, Qrimning Rossiya tarkibiga qo’shib olinishini tan olmasligini takrorladi

Bundan 4 yil muqaddam Rossiya noqonuniy referendum orqali Qrimni o’z tarkibiga qo’shib olgan edi.

931565
Turkiya, Qrimning Rossiya tarkibiga qo’shib olinishini tan olmasligini takrorladi

Bundan 4 yil muqaddam Rossiya Qrimni o’z tarkibiga qo’shib oldi.

Turkiya Qrimning noqonuniy yo’llar orqali Rossiya tarkibiga qo’shib olinishining to’rtinchi yilligida, “Xalqaro huquqning paymol qilinishiga yo’l ochgan bu vaziyatni tan olmaganligimizni yana bir bor takrorlab, Ukrainaning hududiy yaxlitligi va mustaqilligini qo’llab-quvvatlashimizni ta’kidlaymiz” dedi.

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan shu haqida berilgan yozma ravishdagi bayonotda, Ukrainaning Qrim yarimorolining bundan 4 yil muqaddam bugun uyushtirilgan noqonuniy referendum orqali Rossiya tomonidan o’z tarkibiga qo’shib olinganligi eslatildi.   

Bayonotda shuningdek,

“Xalqaro huquqning paymol qilinishiga yo’l ochgan bu vaziyatni tan olmaganligimizni yana bir bor takrorlab, Ukrainaning hududiy yaxlitligi va mustaqilligini qo’llab-quvvatlashimizni ta’kidlaymiz. Yarimorolda eng avvalo Qrim tatar turklarining vaziyati bosh bo’lish bilan birga Qrimdagi vaziyatni yaqindan kuzatishni davom etiramiz” degan ifodalarga o’rin berildi.

 



Aloqador xabarlar