Mavlud Chavushog’li:"Salih Muslimni tinch qo’ymaymiz”
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li Salih Muslimni Turkiyaga ekstraditsiya qilish masalasi bo’yicha bugun 6 mart kuni Germaniyada mamlakat tashqi ishlar vaziri Sigmar Gabriel bilan uchrashishini ma’lum qildi.
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li:“Terror tashkiloti PYD va PKKning sobiq yetakchisi Salih Muslimni o’z holiga tashlab qo’ymaymiz”,-dedi.
Mavlud Chavushog’li matbuotga bergan intervyusida bu haqda gapirib o’tdi.
Mavlud Chavushog’li Salih Muslimni Turkiyaga ekstraditsiya qilish masalasi bo’yicha bugun 6 mart kuni Germaniyada mamlakat tashqi ishlar vaziri Sigmar Gabriel bilan uchrashishini ma’lum qildi.
“Bu masala bo’yicha sa’y-harakatlarimiz Chexiya va Germaniya bilan cheklanib qolmaydi. Salih Muslim qayerga qochishidan qat’iy nazar, biz uni o’z holiga tashlab qo’ymaymiz. Turkiyada sud qarorlari mavjud. Turkiyada terror hujumining javobgari sifatida qo’lga olinishi to’g’risida qaror chiqarilgan. Ushbu jinoiy ish yuzasidan adolat vazirligi, ichki ishlar vazirligi va tashqi ishlar vazirligi hamkorlikda ish olib bormoqda. Salih Muslim qayerda bo’lishidan qat’iy nazar, biz izidan quvib boramiz. O’sha davlatlardan uning Turkiyaga ekstraditsiya qilinishi talab qilamiz. Bundan buyon unga yorug’ kun yo’q”,-dedi Mavlud Chavushog’li.
“Salih Muslim xozirda Germaniyadami? yoki boshqa mamlakatdami?” degan savolga Chavushog’li shunday javob berdi:
“Oxirgi marta uni Germaniyada ko’rganlar bor. lekin, xozirda uning qayerda ekanligi haqida biron ma’lumotim yo’q. Chexiyada sud tomonidan “Yevropa Ittifoqi chegaralaridan tashqariga chiqa olmaydi” degan qaror olingan. Shu sababli afsuski, Salih Muslim Yevropa Ittifoqi tarkibidagi davlatlarga bemalol kirib-chiqishi mumkin”,-dedi Mavlud Chavushog’li.