Binali Yildirim: “Rejim kuchlari Sharqiy Gutaga qarshi takror hujum uyushtirmoqda”.

Bosh vazir Binali Yildirim Adolat va taraqqiyot partiyasining Turkiya Buyuk Millat Majlisidagi yig’ilishida nutq so’zladi.

919505
Binali Yildirim: “Rejim kuchlari Sharqiy Gutaga qarshi takror hujum uyushtirmoqda”.

Turkiya Respublikasi Bosh vaziri Binali Yildirim Turk Qurolli kuchlari tomonidan Suriyaning Halab viloyatining Afrin tumanida olib borilayotgan Zaytun novdasi amaliyotidan maqsad, mintaqadagi tinch aholini terror tashkilotidan qutqarish ekanligini qayd etdi.

Bosh vazir Binali Yildirim Adolat va taraqqiyot partiyasining Turkiya Buyuk Millat Majlisidagi navbatdagi yig’ilishida nutq so’zladi.

O’z nutqida Binali Yildirim Turk Qurolli kuchlari tomonidan Suriyaning Halab viloyatining Afrin tumanida PKK/KJK/PYD-YPG va DEASh terror tashkiloti a’zolarini yo’q qilish, do’st  va qardosh mintaqa xalqini terroristlarning tazyik va zulmidan qutqarish maqsadida 20-yanvarda boshlatilgan amaliyotga ham to’xtaldi.

Amaliyotning 39-kundan beri havodan va quriqlikdan, qarorlilik bilan davom etayotganligini ta’kidlagan Bosh vazir bu haqida,

“Afrin har tomonidan qurshab olingan vaziyatda. Chegaralari butunlay terroristlardan qaytarib olindi. Endilikda maxsus topshiriqli kuchlarimiz bilan birgalikda bosqichma-bosqich tozalab bormoqdamiz. PKK, PYD, DEASh terror tashkilotlari tinch aholiga tazyik o’tkazib, ularni uy-joylaridan mahrum qilishni davom ettirmoqda. Mintaqa xalqining 60 foizi o’z uy-joylarini tark etgan holatda” dedi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashining Bashar al-Asad rejimi tomonidan qurshab olingan Suriya poytaxti Damashqning Sharqiy Guta mintaqasida, o’tgan shanba kuni roppa-rosa bir oy “o'q uzishni to'xtatish” bo'yicha qaror qabul qilganligiga ham to’xtalgan Yildirim,

“Bugungi kunda Sharqiy Gutada odamgarchilikka to’g’ri kelmaydigan fojia yuz bermoqda. U yerdagi bolalar, ayollar va tan jarohati olganlarga tez yordam ko’rsatish ham imkonsiz. Bu qarordan maqsad bombardimon va qatliomdan ziyon ko’rgan mintaqaga tez yordam yetkazib berish va tan jarohati olgan bolalarga tibbiy ko’mak ko’rsatishdir. Lekin qaror qabul qilinishiga qaramay rejim kuchlari Sharqiy Gutaga takror hujum qila boshladi. Kimyoviy quroldan foydalanilganligi haqida ham jiddiy iddiolar mavjud” deya gapirdi.

PYD terror tashkilotining sobiq lideri Salih Muslimning Turkiya talabiga binoan 24-fevral kuni Chexiyada nazorat ostiga olinganligini eslatgan Bosh vazir Binali Yildirim,

“Bu terroristning evakuatsiya qilinishi uchun kerakli faoliyatlarni boshlatdik. Ichki ishlar, Tashqi ishlar, Adliya vazirliklarimiz masalani yaqindan kuzatib bormoqda. Bugun NATO ittifoqimiz Chexiyaning imtihon kunidir. Umid qilamizki Chexiya Respublikasi, terrorizmga qarshi kurashdagi vaziyatni payqab, kerakli chorani ko’rib, bu terroristni bizga topshiradi. Lekin natija nima bo’lishidan qat’iy nazar bu aniq yani, bundan buyon qo’li qonga boyalgan terror tashkiloti liderlari bemalol sayr qilib yurolmaydi. Ularning adovini beramiz” degan ifodalarga o’rin berdi.  

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar