Bekir Bozdag’:"Salih Muslimning Chexiya sudi tomonidan ozod etilishi xalqaro huquqqa hilof"

Turkiya bosh vazir o’rinbosari va hukumat kotibi Bekir Bozdag’ Chexiyaning bu munosabati terrorizmga qarshi kurashdagi mushtarak irodaga putur yetkazganligini ma'lum qildi.

919424
Bekir Bozdag’:"Salih Muslimning Chexiya sudi tomonidan ozod etilishi xalqaro huquqqa hilof"

Turkiya bosh vazir o’rinbosari va hukumat kotibi Bekir Bozdag’ terror tashkiloti PKKning Suriyadagi hamkori PYD-YPG yetakchilaridan Salih Muslimning Chexiya sudi tomonidan ozod etilishi xalqaro huquqqa hilof ekanligini ma’lum qildi.

Ankarada matbuotga intervyu bergan Bekir Bozdag’ga ko’ra, bu qaror terrorizmga qarshi kurashdagi mushtarak irodaga putur yetkazdi.

“Bu qaror Turkiya-Chexiya munosabatlariga jiddiy salbiy ta’sir ko’rsatadi. Qarorning sababi nima bo’lishidan qat’iy nazar, natijada bir terror tashkilotida faol ro’l o’ynagan terrorist yetakchi qo’yib yuborildi. Xalqaro hamjamiyat va Chexiya shuni bilsinki, PYD, PKK va DAISh kabi tashkilotlar ashaddiy terrorist guruhlardir. Bu qaror terrorizmni oshkora qo’llab quvvatlanganligini ko’rsatadi”,-dedi Bekir Bozdag’.

Chexiya sudining qarori huquqqa to’g’ri kelmagan siyosiy qaror ekanligini va ayni paytda terrorizmni qo’llab quvvatlash maqsadida olingan qaror ekanligini tilga olgan Bekir Bozdag’: “Aslida, bu qaror biz uchun xayratlanarli emas edi. Agar, huquqqa amal qilinganda edi, terror yetakchisi Turkiyaga ekstraditsiya qilinardi. Mamlakatda huquq sistemasi mavjud, biroq unga amal qilingani yo’q”,-dedi.

 

 



Aloqador xabarlar