Abdulhamid Gul:"Chexiya Salih Muslim ustidan siyosiy hukm chiqardi"
Turkiya adolat vaziri Abdulhamid Gul Chexiya sudining Salih Muslim to’g’risida bergan qarorini tanqid qildi.
Turkiya adolat vaziri Abdulhamid Gul Chexiya sudining Salih Muslim to’g’risida bergan qarorini tanqid qildi.
“Chexiya sudi terror tashkiloti yetakchisi Salih Muslimni qamoqqa olishi kerak edi, lekin siyosiy sabablar tufayli bunday qaror berilmadi. Buni o’z holiga tashlab qo’ymaymiz. Buni aslo qabul qilmaymiz. Huquqqa hilofdir. Terrorizmga qarshi kurash qonunlariga ham to’g’ri kelmaydi”,-dedi Turkiya adolat vaziri Abdulhamid Gul.
Adolat vazirligi Chexiyaning bu xatosini tuzatish maqsadida kerakli chorani ko’rishga kirishganligini tilga olgan Abdulhamid Gul: “Chexiya mulozimlari bu xatosidan qaytadi degan umiddamiz. Xalqaro kriminal politsiya tashkiloti Interpol Turkiyaning ba’zi talablarini diqqatga olmayotir. Bu xusus siyosiy masala emas”,-dedi.
Aloqador xabarlar
Hakan Fidan Misr tashqi ishlar vaziri bilan muloqot qildi
TIV rahbarlari uchrashuvida Suriyadagi o'zgarishlar muhokama qilindi.