Turkiya qurolli kuchlari Suriyaning Afrin tumanida 2021 ta terroristni yo’q qildi

"20 yanvarda boshlangan harbiy amaliyotlarda bugungacha yo’q qilingan jami terrorist soni 2021 ga yetdi”,-deyiladi bayonotda.

917864
Turkiya qurolli kuchlari Suriyaning Afrin tumanida 2021 ta terroristni yo’q qildi

Turkiya qurolli kuchlari Suriyaning Afrin tumanida olib borayotgan “Zaytun novdasi” harbiy amaliyoti doirasida bugungacha jami 2021 ta terroristni yo’q qildi.

Bu haqda Turkiya harbiy bosh shtabi bayonot berdi.

“Harbiy amaliyotlar doirasida terror tashkilotlari PKK, KJK, PYD, YPG va DAISh jangarilarini yo’q qilish maqsadida quruqlikdan va havodan jangovar operatsiya davom etmoqda. 20 yanvarda boshlangan harbiy amaliyotlarda bugungacha yo’q qilingan jami terrorist soni 2021 ga yetdi”,-deyiladi bayonotda.

Shuningdek, Turkiya qurolli kuchlari va Suriya ozodlik armiyasi Afrinning shimoli g’arbidagi Raju hududida Shayh Muhammadli, Dudu, Semalik, Velikli va Kavanda qishloqlarini YPG, PKK va DAISh jangarilaridan tozaladi.

Harbiy amaliyotlarda Suriya ozodlik armiyasi Turkiya qurolli kuchlariga ko’mak bermoqda.

“Zaytun novdasi” harbiy amaliyoti doirasida bugungacha Afrinda PKK, YPG va DAISh ishg’olida bo’lgan tuman markazi, 80 ta qishloq, bu qishloqlarga qarashli bo’lgan 6 ta hudud va 20 tasi strategik ahamiyatga ega bo’lgan tog’liq hudud va tepaliklar hamda terroristlar tomonidan harbiy bazaga aylantirilgan 109 ta ob’yekt terroristlardan qutqarildi.

 



Aloqador xabarlar