Pragada qo’lga olingan Salih Muslim Turkiyaga ekstraditsiya qilinadi
Chexiya xavfsizlik vakillari Salih Muslimni Turkiyaga ekstraditsiya qilish uchun zarur rasmiy jarayonni boshlash maqsadida Turkiya adolat vazirligi bilan aloqa o’rnatdi.
Ma'lumki, terror tashkiloti PKK va PYDning xalqaro qidiruvda bo’lgan sobiq yetakchisi Salih Muslim Chexiya poytaxti Pragada qo’lga olindi.
Xavfsizlik manbalaridan olingan ma’lumotga ko’ra, Chexiya Interpol tashkiloti Salih Muslimning kecha, 24 fevral kuni Pragada Turkiyaning talabi va qo’lga olish to’g’risidagi buyrug’iga binoan qo’lga olinganligini Turkiya mulozimlariga ma’lum qildi.
Chexiya mulozimlari Salih Muslimning sud tomonidan qamoqqa olinib, yoki olinmasligiga doir qaror berilishini, bu qaror Turkiya mulozimlariga yetkazilishini ma’lum qildi.
Shuningdek, Chexiya mulozimlari Salih Muslimni Turkiyaga ekstraditsiya qilish uchun avvalo zarur hujjatlarni Turkiyadan talab qildi.
Chexiya xavfsizlik vakillari Salih Muslimni Turkiyaga ekstraditsiya qilish uchun zarur rasmiy jarayonni boshlash maqsadida Turkiya adolat vazirligi bilan aloqa o’rnatdi.
Aloqador xabarlar
Turkiya va Iroq o'zaro savdo hajmini 30 mlrd dollarga chiqarmoqchi
Turkiya-Iroq Iqtisodiy va savdo qoʻshma qoʻmitasi 1-Davlat yigʻilishi boʻlib oʻtdi.