AQSh delegatsiyasi Turkiyaga tashrif buyurdi
AQSh delegatsiyasi Turkiya harbiy bosh shtab boshqarmasi va tashqi ishlar vazirligida muzokara olib boradi.
AQSh kotibligi maslahatchisi Jonathan Cohen boshchiligidagi delegatsiya Turkiyaga tashrif buyurdi.
Ular Turkiya hukumati mutasaddilari bilan Suriyadagi vaziyatni muhokama qiladi.
Shuningdek, Turkiya-AQSh o’rtasidagi adliy hamkorlik bo’yicha ish olib boradi.
Diplomatik manbalardan olingan ma’lumotga ko’ra, AQSh mudofaa vazirligidan qator mutasaddi vakillar o’rin olgan delegatsiya Turkiya tashqi ishlar vazirligi va harbiy bosh shtab boshqarmasida uchrashuv va muzokaralar olib boradi.
Delegatsiya Turkiya tashqi ishlar vazirligida maslahatchi Ahmed Muhtor Gun boshchiligidagi turk delegatsiyasi bilan uchrashadi.
AQSh delegatsiyasi Turkiya harbiy bosh shtab boshqarmasida ham muzokara olib boradi.
AQSh delegatsiyasi tarkibida Pentagon kotibi mayor Adrian Rankine Gallovay ham bor.
Afrindagi PKK va PYD jangarilari DAIShga qarshi kurashgan koalitsiyaning hamkorlari ekanligiga e’tibor qaratgan Gallovay: “Turkiyaning xavotirini tushunib turibmiz. NATO ittifoqdoshi va DAISh hamda boshqa terror tashkilotlariga qarshi kurashdagi hamkorimiz Turkiyaga sodiqmiz. AQSh tomonidan ham terror tashkiloti sifatida tan olingan PKKning Turkiyaga tahdid solayotgani xususida Turkiya bilan yaqindan ish olib boryabmiz”,-dedi.