Asirlikdagi DAISh jangarilari turk askarlariga qarshi jang qilish maqsadida ozod qilindi

Terror tashkilotlari Turkiya qurolli kuchlarining Afrindagi amaliyotlariga qarshi kurashish uchun DAISh bilan kelishib oldi.

894566
Asirlikdagi DAISh jangarilari turk askarlariga qarshi jang qilish maqsadida ozod qilindi

 

Suriyaning Afrin viloyatida terror tashkiloti PYD va PKK asirga olgan DAISh jangarilarini Turkiya qurolli kuchlari va Suriya ozodlik armiyasiga qarshi kurashish sharti bilan ozod qildi.

Anadolu axborot agentligining Afrindagi xavfsizlik manbalaridan olingan ma’lumotga ko’ra, terror tashkilotlari Turkiya qurolli kuchlarining Afrindagi amaliyotlariga qarshi kurashish uchun DAISh bilan kelishib oldi.

Bundan oldin to’qnashuvlarda tiriklayin qo’lga tushirilgan DAISh jangarilari qamoqxonalardan ozod qilindi.

Eslatma: Bundan oldin PKK va PYD Amerikaning ma’lumoti bilan Rakka shahar markazini qamal qilish jarayonida DAISh jangarilarini o'ldirmagan edi, aksincha ular bilan kelishib olgan edi.

Ularning shahardan chiqib ketishlariga imkon berilgandi.

Bularning katta qismi Turkiyaga kirib kelish maqsadida chegaraga tomon yo’nalgan edi.

 



Aloqador xabarlar