Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim Gambiya prezidentining o’rinbosari Aja Fatouma bilan uchrashdi

Gambiya prezidentining o’rinbosari Aja Fatouma Turkiyaning Al-Quds masalasida ko’rsatgan ustunligini taqdirladi va Gambiyaga ko’rsatgan yordamlari uchun Turkiyaga minnatdorlik bildirdi.

867281
Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim Gambiya prezidentining o’rinbosari Aja Fatouma bilan uchrashdi

Istanbulda Islom Hamkorlik Tashkiloti favqulodda sammiti o’z ishini boshladi.

Sammitga tashkilotga a’zo mamlakatlardan qator delegatsiyalar tashrif buyurdi.

Jumladan, Gambiya prezidentining o’rinbosari Aja Fatouma ham Turkiyaga tashrif buyurdi.

Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim Gambiya prezidentining o’rinbosari Aja Fatouma bilan uchrashdi.

Istanbbulda bosh vazirlik qarorgohida bo’lib o’tgan uchrashuvda, Al-Qudsning taqdiri va Islom Hamkorlik Tashkiloti favqulodda sammitida muhokama qilinadigan mavzular hamda o’zaro munosabatlar ko’zdan kechirildi.

Shuningdek, Turkiya Gambiyaning ravnaqiga qo’shayotgan hissasini davom ettirishini va o’zaro iqtisodiy munosabatlarni imkoniyatlarga mos darajaga olib chiqishga bo’lgan umidvorlik tilga olindi.

Gambiya prezidentining o’rinbosari Aja Fatouma ham Turkiyaning Al-Quds masalasida ko’rsatgan ustunligini taqdirladi va Gambiyaga ko’rsatgan yordamlari uchun Turkiyaga minnatdorlik bildirdi.

 

 



Aloqador xabarlar