Kun tahlili 50- qism

Kun tahlili 50- qism 10.12.2017 1917-yili 11- dekabrda, Quddusni ishg’ol etgan Ingliz general Allenby xochli safarlar endi yakunlaganini aytganini rivoyat qiladi.

865966
Kun tahlili 50- qism

Kun tahlili 50- qism 1012.2017

1917-yili 11- dekabrda, Quddusni  ishg’ol etgan  Ingliz  general  Allenby xochli safarlar endi yakunlaganini aytganini rivoyat  qiladi. Yaqin sharqda zaton  har zamon  juda yomon holatlar kuzatilar ekan  Arab tilimning Damashq shevasi bilan ifoda etsak “ Fevqaning tahtanin”,  har narsa xarob holatda ekan, Trampning Yaqin sharqni o’z ichiga oladigan shaklda Isroilning poytaxti sifatida qabul etib  e’lon qilishi, bir atom bombasi kabi ta’siri yaratib mintaqaning qiyomati bo’ladigan va belki Yaqin sharqda “ yirik portlash”ga yo’l ochadigan ushbu bayonot, 1917 ishg’oldan to’liq  bir asr  keyin amalga oshirilishi ramzlar qamraydimi? Buni 1917- yili 2- noyabr Balfour deklaratsiyasining   yuzinchi yilligi va 1967-yilida  olti kunlik  urush oqibatida Sharqiy Quddusning ishg’olining 50- yilligi ramzlarini bunga qo’shimcha qila olamiz. Kamida Trampning ushbu ramzni anglaydigan bir shaxs emasligi mavzusida  barchamiz bir xil fikrda ekanimiz aniq, xo’p unday  bo’lsa nima  sabab bo’lib AQSH  prezidenti bugunlarda bunday bir qaror oldi?

Shoyad,  ramziy  ma’noda ishonarli  bo’lmasa ham , Tramp saylov faoliyatlarini yuritar ekan Quddusni Irsoilning poytaxti sifatida  tan olishini va’da qilganini ifoda etib bu savolga javob bera olamiz.

Faqat bu javob ham “ nima uchun  endi” savoliga  qoniqarli bi javob emas kabi.

Na bir asr ramzi na ham Trampning bu mavzuda va’da berishi, Quddusning bugunlarda poytaxt sifati tan olinishi  yetarli bir sabab emas  deb o’ylaymiz, javobi  juda  ham chuqurlarda, so’nggi yillarda Yaqin sharqda sodir bo’lgan o‘zgarishlarga qarashimiz kerak. Yaqin sharqga bir bahor shamoli olib kelmagan “ Arab bahori, mintaqa sotsiologiyasida mavjud bo’lgan jonli etnik va mazhab masalasi yana bir bor ta’mir qilinmaydigan darajada bir zilzilaga aylantirganligi  juda ham oshkor.

Shubhasiz mintaqa bundan so’ngra hech qachon oldingi kabi  bo’lmaydi. Faqat bu inqirozdan so’ngra ham bir shaklda bir nizom tashkil etiladi. AQSh prezident so‘ngi quddus harakati ushbu inqirozni  o’z atrofida yangi bir nizom va tartib  yaratish uchun bir urinish kabi ko’rinmoqda. Xuddi Barzanining referendumida bo’lganidek, Damiettga guruch olish uchun  borar ekan, uydagi bug’doyni  ham boy berish ehtimoli kabi yana ochiq ifoda bilan barcha Arab va Islom olamini boy berish xatari ham mavjud.

AQSh kongressi 1995- yilida olgan bir qarr bilan AQSh Elchixonasini Tel-Avivdan Quddusga ko’chirishini tasdiq qilsa ham AQSh Prezidentlari vaziyat nazokatiga binoan, olti oylik muddatlar holida bu   qarorni kechiktirmoqda edi. Xo’p AQSh Prezidentiga  nima bo’ldi bu qarordan 22 yil keyin bunday  bir narsaga tashabbus qildi?

AQShning xususan Suriya va Iroqda, umumda esa  Yaqin sharqdagi strategik  xatolari, nihoyatda Quddusni Isroilning poytaxti sifatida tan olib mintaqada qilgan vahim xatolar zanjirining bir yangisini  qo’shish bilan natijalandi. Terrorizm  va ekstremistga qarshi  urush nomi ostida Iroq, Suriya va Yaman kabi o’lkalardagi davlat tizimlari yo’q qilib fe’lan  bu o’lkalarning bo’linishlar, eng ko’p AQShning mintaqadagi raqiblari bo’lgan Rossiya va Suriyadagi o’z  ta’sirini mustahkamlab deyarli G‘arbiy  Suriyani  fe’lan manda boshqaruviga aylantirdi, Eron esa Iroq va Suriyada o’z nufuzini  orttirib Livan va Hizbulloh vositasi bilan quruqlikdan Isroilga yetib  borish imkoniyatiga erishgani kabi Yaman va Bahrayn kabi o’lkalar yo’li bilan AQShning ko’rfazdagi ittifoqlarini muhosara  qilib tahdid etadigan holga kelgan holatda, AQSh, İttifoqi va strategik sherigi  bo’lgan Turkiyani  Suriya masalasida tark etgani kabi, o’lka uchun tahdid tashkil etgan PKK, PYD/ YPG va FETO kabi tashkilotlarni himoya qilish yo’li bilan mintaqadagi eng muhim ittifoqini Rossiya va Eron bilan hamkorlik qilmoq majburiyatida qoldirdi. Bunga Ko’rfazda Saudiya Arabiston va Birlashgan Arab Amirliklari tomonida bosim ostiga olingan Qatarni ham qo’shish kerak.

AQSh, Yaqin sharqdagi xatoli siyosatlari natijasida tashkil topgan  Turkiya, Rossiya, Eron va Qatar blogiga qarshi,  o’z yetakchiligida Saudiya Arabiston  va Ko’rfaz o‘liklari bilan Misr va Isroildan tashkil topgan bir blok tashkil topgan.  IShIDning hokimiyatini  yakunlash arafasida ekan, tashlangan ushbu qadam, Tramp  rahbariyatida Saudiya Arabiston ( va ko’rfaz) bilan Isroil o’rtasida so’ngi davrda o’rtaga chiqqan kelishuvning bir mahsuloti kabi ko’rinmoqda.

Zero, Eron so‘ngi paytlarda mintaqada qo’lga kiritgan nufuzi eng ko’p Isroil, Saudiya Arabiston va shu bois AQShni  tahdid qilmoqda.

Ham Hariri Riyazda  iste’fo qilinishga majburlangan hamda Mahmud Abbbasning  Falastin boshqaruvi nomidan qabul qilinishi, imkonsiz shartlar qamragan bir tinchlik bitimiga majburlash ham ushbu kelishuv bilan izoh etish mumkin.

Zero Abbas ham so’nggi kunlar Sharqiy Quddus o’rniga shaharning janub qismidagi Abu Dis shaharchasini Falastin poytaxti sifatida qabul qilishga  majburlangan.

Sinadan bir qism tuproq Falastin boshqaruviga (katta ehtimol bilan tovon sifatida) berilishi bilan Misr ham bu blokning  tashkil etilishida  hissa qo’shishi talab qilindi. Misr juda yaqin bir paytda Qizil dengizdagi ikki strategik orolni Saudiya Arabistonga berishi ham bu kelishuvini  doirasida muhokama qilish kerak. Katta ehtimol bilan  Sisi ham bu kelishuv bilan moliyaviy yordam va siyosiy himoya olish yo’li bilan hokimiyatini mustahkamlashni istagan.

Faqat uydagi bu hisob har zamon  Yaqin sharqda mos bo’lmasligi mumkin. Tramp Quddusni Isroil poytaxti sifatida tan olib shomatdagi hujumini amalga oshirgan vaziyatda, shubhasiz birinchi o’rinda Turkiya bo’lib Iordaniya va Islom olamidan ko’plab o’lka bu qarorga  jiddiy norozilik ko’rsatadi.  Faqat asos belgilovchi bo’lgan unsur esa  Misr va Saudiya Arabiston ( ko‘rfaz) xalqlari va boshqaruvchilarining uslubidir. Misr va Saudiya Arabiston xalqlarib  bunga  katta norozilik ko’rsatsa, boshqaruvchilar bunga qarshi reaksiyasi Yaqin Sharqda barcha nizomni o’zgartirishi mumkin.

Oxirigi so’z: Quddusga tinchlik kelmasdan turib Yaqin sharqga tinchlik kelmaydi.

(Prof Drr Jengiz To’mar Maramara Universiteti Siyosat bilimlar fakultetiti ustozi)

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #A-Quddus , #Poytaxt , #Isroil , #Donald Trump

Aloqador xabarlar