Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 45-qism

Xitoy Kommunistik partiyasining oxirgi qurultoyi bilan birga Xitoyning yangi davrga kirganligini aytishimiz mumkin. Shunday ekan keling, dasturimizning bugungi bo’limida Xitoydagi yangi davr va Turkiya-Xitoy munosabatlari haqida so’z qilaylik.

843947
Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 45-qism

Xitoy 1.4 milliard atrofidagi aholi soni bilan dunyoning eng gavjum davlati hisoblanadi.  Xitoyni ro’yhayga olingan 98 millionlik a’zosi bilan dunyoning eng ko’p a’zolik siyosiy partiyasi hisoblangan Xitoy Kommunistik partiyasi boshqarmoqda. Kompartiya qurultoyi har 5 yilda bir marotaba o’tkaziladi. 2017-yilning 18-24 oktabri kunlari Xitoy Kommunistik partiyasining navbatdagi qurultoyi bo’lib o’tdi. Si Szinpin 2300 delegatning ovozi bilan 25 kishilik Kommunistik partiya markaziy qo’mitasida ichki raqiblari sonini kamaytirdi, ittifoqchilari sonini esa orttirdi; Si Szinpin Kommunist partiya ustavi hujjatiga o’z nomini qayd ettirdi. Shu bilan birga 2013-yili Qozog’istondagi bir konferentsiyada taklif qilgan “Bir makon, bir yo’l” deb nomlangan loyihasini ham hujjatga qayd ettirib loyihani Xitoyning rasmiy siyosatiga aylantirdi. Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin o’z nomi va loyihalarini partiya ustavi hujjatiga qayd ettirish orqali hukmronligini yana-da mustahkamlashtirdi. Bu yo’l bilan Si Szinpin nomi Xitoy konstitutsiyaga kiritilgan bo’ldi.

Turkiya bilan Xitoy o’rtasidagi diplomatik aloqalar 1971-yili tashkil topdi. 1980-yillardan e’tiboran esa jadal rivojlandi. 2010-yili “Strategik hamkorlik” saviyasiga ko’tarilgan munosabatlar, oxirgi davrlarda o’zaro oliy darajadagi davlat tashriflari bilan yana-da ijobiy tus oldi.  

Oxirgi yillarda ikki mamlakat rasmiylari o’rtasida tez-tez uchrashuvlar o’tkazilmoqda. Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdog’an 2017-yilning may oyida Xitoyda uyushtirilgan “Bir makon, bir yo’l” forumida ishtirok etdi. Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li esa avgust oyining boshlarida ASEAN yig’ilishidan salgına oldin Xitoyda bo’ldi.

Bugungi kunda Turkiya o’zining tashqi siyosatdagi alternativlarini ko’paytirish niyatida. Bu nuqtada Turk liderlar Xitoy bilan bo’lgan munosabatlarini rivojlantirishga alohida e’tibor bermoqda. Xitoylik liderlar esa Turkiyani Yaqin Sharqdagi kuch markazi va “Bir makon, bir yo’l” loyihasi jihatidan muhim o’ringa ega bir davlat deb hisoblamoqda.

Turk rasmiylari Turkiyaning “O’rta koridor” loyihasining Xitoyning “Bir makon, bir yo’l” loyihasiga mos ekanligini qayd etmoqda. Zero har ikki davlat ham tarixiy Ipak yo’lini qayta tiklashni rejalashtirmoqda. Turkiya Xitoyning Yevropa bozorlariga erishish yo’lida muhim imkon hisoblanadi. Shuning uchun ham Turkiyaning Xitoy bilan Yevropa bozorlarini bir-biriga bog’lagan markazga aylanishi, Xitoy loyihasiga katta ijobiy hissa qo’shadi.

Xitoy Turkiya uchun Germaniyadan keyingi ikkinchi, Yaqin Sharqda esa eng yirik savdo sherik hisoblanadi. Xitoy 2016-yili Turkiyaning eksport qilgan davlatlari ro’yhatidagi 19-o’rinda, Turkiyaning import qilgan davlatlari ro’yhatida esa 1-o’rinda edi. Albatta bu nuqtada ikki mamlakat o’rtasida bir ekport/ import nomuvozanatligi kuzatilmoqda. 2016-yilgi ma’lumotlarga ko’ra Turkiyaning Xitoyga qaratilgan eksporti 2.32 million AQSh dollarini tashkil etar ekan Xitoyning importi esa 25.44 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. Bu vaziyat ikki mamlakat savdosida Turkiyaning 23.12 milliard dollarlik yo’qotishiga yo’l ochmoqda. Yaqin kunlarda bu vaziyatning tuzatilishi o’zaro munosablarning yana-da mustahkamlanishiga ijobiy hissa qo’shadi degan umiddamiz.

Kelasi yillarda Xitoyning tashqi siyosatida muhim o’zgarishlar ro’y berishi mumkin. Zero Si Szinpin 18-oktabr kungi nutqida Xitoyning “yirik kuch” sifatiga takror takror e’tibor qaratdi. Shuningdek Xitoyning xorlik kunlarining ortda qolganligini va Xitoyning buyuk madaniyat egasi global kuch sifatida qayta tug’ilish vaqti kelganligini ta’kidladi. Xitoy, Xitoy Kommunistik partiyasining 19-qurultoyida qabul qilingan qarori bilan shaxdam qadamlar tomon tayyorgarlik ko’rmoqda. Yangi davrda tinch, kuchli va boy davlatlar bilan yorishgan, hatto bir nechasidan ozgan, mintaqaviy-global roli ortgan Xitoy bilan yuzlashishimiz mumkin.

Turkiya ham G’arblik ittifoqchilari Amerika Qo’shma Shtatlari va Yevropa ittifoqi bilan turli muammolarga duch kelar ekan Shanxay hamkorlik tashkiloti a’zolari bilan o’z munosabatlarini kengaytirmoqda. Bu borada Xitoyning global siyosat va iqtisodiy kuchini orttirish siyosatini kuzatishi, Turk-Xitoy hamkorligi loyihalarining ortishiga yo’l ochishi mumkin.

G’arblik ittifoqlari bilan bo’lgan munosabatlarda turli muammolarga qarshi kurash olib borar ekan Xitoy bilan iqtisodiy va harbiy munosabatlarni rivojlantirish, Turkiya uchun maqul alternativ hisoblanadi. Turkiyaning Xitoy bilan bo’lgan munosabatlarini rivojlantirish say-harakatlari zamonga amal qilish maqsadini ham o’z ichiga qamrab olgan.   Bu vaziyat ham Turkiyaning global siyosatdagi alternativlarini kengaytirish talabini aks ettirmoqda. Xitoy bilan Turkiya o’rtasidagi yana bir tanqidiy masalalardan biri Xitoyda yashagan Uyg’ur Turklaridir. Xitoy Turkiya bilan rivojlangan ikki mamlakat munosabatlari natijasida Uyg’ur Turklari yelkasidagi tazyikni yengillashtirishi darkor. Agar Xitoy buni amalga oshirgudek bo’lsa unda Turkiya-Xitoy munosabatlari yana-da jadal rivojlanishi va Uyg’ur Turklari ikki mamlakat o’rtasidagi munosabatlarda hal qiluvchi rol o’ynashi mumkin.

 Aziz dasturimz kuzatuvchilari Otaturk universiteti, Xalqaro aloqalar bo’limining kichik ilmiy xodimi doktor Jemil Dog’ach Ipekning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qildik.

 



Aloqador xabarlar