Mogadishodagi portlashda jabrlangan 35 yarador Turkiyaga olib kelindi
Somalidagi terrorchilik harakatidan so’ng, Turkiya prezidenti R.T.Erdo’g’anning buyrug’i bilan yaradorlarga tibbiy yordam ko’rsatish to’g’risida qaror olindi.

Somalining poytaxti Mogadishoda sodir bo’lgan terrorchilik harakatida og’ir yaralangan 35 kishi davolanish uchun Turkiyaning poytaxti Ankaraga olib kelindi.
Yaradorlar Ankaradagi davlat shifoxonalariga yotkizildi.
Bu haqda Turkiya sog’liqni saqlash vazirligi yozma bayonot berdi.
“Somalidagi terrorchilik harakatidan so’ng, Turkiya prezidenti R.T.Erdo’g’anning buyrug’i bilan yaradorlarga tibbiy yordam ko’rsatish to’g’risida qaror olindi. Shu maqsad bilan Turkiya bosh vazirligi tomonidan Somaliga harbiy samolyot jo’natildi”,-deyiladi bayonotda.
15 oktyabr kuni 33 nafar mutahassis shifokorlar 10 tonna dori-darmon va tibbiy ashyolar yuklangan samolyotda Mogadishoga yo’l oldi.
Shifokorlar bilan birga Somaliga jo’nab ketgan sog’liqni saqlash vaziri Ahmed Demirjan va sog’liqni saqlash vazirligi maslahatchisi Eyup Gumush u yerdagi sharoit bilan tanishdi.
Shifokorlar Mogadishoda xizmat bergan “R.T.Erdo’g’an” nomidagi shifoxonada yaradorlarni davolaydi.
Eslatma: 14 oktyabr kuni Somalining poytaxti Mogadishoda sodir bo’lgan kuchli portlashda 300dan ziyod inson halok bo’ldi.
Aloqador xabarlar

Prezident Erdo‘g‘an Vjosa Osmani - Sadriu bilan uchrashdi
Erdo‘g‘an Istanbulda Kosovo Prezidenti Vjosa Osmani - Sadriu bilan uchrashuv o‘tkazdi.