N. Kurtulmush, Falastin tuproqlaridagi Isroil ishg'oliga to'xtaldi

Turkiya Respublikasi Bosh vazir o’rinbosari Numan Kurtulmush, Falastin tuproqlaridagi Isroil ishg’oliga to’xtalar ekan, Isroil politsiya xodimlarining falastinlik Fotima Hajijiyga bo’lgan zulmiga ham e’tibor qaratdi.

729105
N. Kurtulmush, Falastin tuproqlaridagi Isroil ishg'oliga to'xtaldi

Turkiya Respublikasi Bosh vazir o’rinbosari Numan Kurtulmush, Falastin tuproqlaridagi Isroil ishg’oli va zulmiga qarab turmasliklarini ma’lum qildi.

Numan Kurtulmush, ijtimoiy media orqali mavzu haqida bergan bayonotida,

“Butun jahon indamaygina, jimjirt qarab tursa ham, Falastindagi himoyasiz insonlarning o’ldirilishini tomosha qilib o’tirolmaymiz” dedi.

“Cheksiz ahloqsizlik va tartibsizlik yaratgan Isroil askarlari, falastinliklarga bo’lgan nafratini yoshgina Fotimani o’ldirish orqali isbotladi” degan Bosh vazir o’rinbosari Kurtulmush,

“Qanchadan qancha Fotimalar ishg’olga qarshi oyoq tiraydi va zulm bir kunmas bir kun o’z nihoyasiga yetadi” dedi.

Aytib o’tish joizki 7-may kuni 16 yoshidagi falastinlik Fotima Hajijiy, ishg’ol ostidagi Sharqiy Quddusta, hech qanday xavf tug’dirmagan holda isroillik 5 nafar politsiya xodimi tomonidan 10 metrlik yaqin masofadan o’qqa tutilgan edi. Buning oqibatida yosh qiz 20 dan ortiq o’q yegan.

Shuningdek Fotima Hajijiy yerga qulab qolishiga qaramay politsiya xodimlari o’q uzishni davom ettirgan va tez yordam mashinasining kelishiga ruxsat berilmagan. Falastin Tashqi ishlar vazirligi buning Xalqaro qonunga zid ekanligini qayd etgan.



Aloqador xabarlar