Noqonuniy yo'llar bilan Turkiyaga o'tmoqchi bo'lgan afg'onlar qo'lga tushdi

Afg’oniston fuqarolari tibbiy ko’rikdan o’tkazilgach, deportatsiya qilinish uchun Van Xavfsizlik boshqarmasiga topshirildi.

720731
Noqonuniy yo'llar bilan Turkiyaga o'tmoqchi bo'lgan afg'onlar qo'lga tushdi

Sharq tomondan Eronga chegaradosh bo’lgan Van viloyati Bashkale tumani orqali noqonuniy ravishda Turkiyaga o’tmoqchi bo’lgan afg’onistonlik 16 kishi qo’lga tushdi.

Bashkale 3-Hudud posti chegara askarlari kimligi noma’lum bir to’da insonning yashirincha Turkiyaga o’tishga harakat qilganini aniqladi.

Noqonuniy yo’llar bilan Turkiyaga o’tmoqchi bo’lgan 16 nafar Afg’oniston fuqarosi xavfsizlik kuchlari tomonidan qo’lga tushirildi.

Ushbu to’da ichida 2 nafar yosh bolaning ham borligi ma’lum bo’ldi.

Afg’oniston fuqarolari tibbiy ko’rikdan o’tkazilgach, deportatsiya qilinish uchun Van Xavfsizlik boshqarmasiga topshirildi.

 



Aloqador xabarlar