Turkiyaga kelgan ruslarga 90 kungacha vizasiz qolish imkoniyati...
Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’lu ma’lum qilishicha, ruslarning Turkiyada vizasiz qolish muddati 60 kundan 90 kunga chiqariladi.

Turkiyaga kelgan ruslar bundan buyon 90 kungacha vizasiz qolishi mumkin.
Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’lu ma’lum qilishicha, ruslarning Turkiyada vizasiz qolish muddati 60 kundan 90 kunga chiqariladi.
Antaliyaning Alaniya tumanida 24 davlatdan kelgan jurnalistlar bilan uchrashuv o’tkazgan Mavlud Chavushog’lu Rossiya Federatsiyasi fuqarolari bundan keyin viza olmasdan Turkiyada 90 kungacha qolishi mumkinligini aytdi.
Ma’lumki, 2015 yili Turkiya havo maydonini oyoq osti qilgan rus jangovar samolyotining urib tushirilishi oqibatida Turkiya-Rossiya aloqalariga darz ketgan edi.
Bundan oldingi jarayonda Rossiya bilan Turkiya o’rtasida passportsiz sayohat qilish qulayligini yaratishga harakat qilinayotgan edi.
Hozirda ikki davlat o’rtasidagi o’zaro sayohat qulayligi bo’yicha takror 2015 yil voqealaridan oldingi ko’rsatkichga erishish rejalanmoqda.
Xorijda yashagan turklarga tegishli bir qator faoliyatlar rejalashtirilganini aytgan Mavlud Chavushog’lu Yevropaning turklarni o’zlashtirish maqsadidagi sa’y-harakatlarini tanqid qildi.
“Turkiyadan tashqarida yashagan fuqarolarimizning o’sha davlatga moslashishini xohlaymiz, xatto fuqaroligini olishini xohlaymiz. Lekin, o’z vatani bilan aloqasini uzishini xohlamaymiz. Yevropa davlatlari bundan bezovta. Chunki, ularning moslashish tushunchasi juda farqli. Ularga aytamanki, turklarni moslashtiring, lekin o’zlashtirmang!”,-dedi.