Alaniyada qo’lga tushgan qochqin muhojirlarning bu galgi manzili Kipr edi

Noqonuniy yo’llar orqali Turkiyadan Kiprga ketmoqchi bo’lgan suriyalik qochqin muhojirlarning qo’lga tushirilishidan 4 kun oldin yo’lga chiqganligi aniqlandi.

707954
Alaniyada qo’lga tushgan qochqin muhojirlarning bu galgi manzili Kipr edi

Turkiyaning Antaliya viloyati, Alanya tumani yaqinlaridagi bir qayiqdan 30 nafar suriyalik qochqin qo’lga tushirildi. Qo’lga tushgan qochqinlar orasida yosh bolalarning ham borligi aniqlandi.

Alaniya Sohil xavfsizligi Qayiqlar qo’mondonligi qirg’oqdan 50 mil uzoqlikda ilgarilagan bir qayiq uchun amaliyot boshlatdi.

Oqibatida qo’lga tushirilgan suriyalik qochqin muhojirlar Alaniyaga olib kelindi. Yuqorida ham aytib o’tilganidek ularning 5 nafari yosh bolalardan iborat.

Roppa-rosa 4 kundan beri dengizda ekanliklari aniqlangan suriyalik qochqin muhojirlarning noqonuniy yo’llar orqali Kiprga ketmoqchi ekanligi ma’lum bo’ldi.


Tanlangan kalimalar: #qochqin muhojirlar , #Antaliya , #Alaniya , #Kipr , #Suriya

Aloqador xabarlar