Hulusiy Akar bilan Joseph Dunford Turkiyaning Adana shahrida joylashgan Injirlik bazasida uchrashdi

2017-yilning 16-fevrali kuni Ozarbayjonda, Rossiya Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi raisi Valeriy Gerasimov bilan uchrashgan AQSh Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi raisi Josef Dunford kecha ertalab Turkiyaga tashrif buyurgan edi.

675023
Hulusiy Akar bilan Joseph Dunford Turkiyaning Adana shahrida joylashgan Injirlik bazasida uchrashdi

Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi raisi general Hulusiy Akar bilan Amerika Qo’shma Shtatlari Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi raisi general Joseph Dunford Turkiyaning Adana shahrida joylashgan Injirlik bazasida uchrashdi.

Ikkala qo’mondon o’rtasida bo’lib o’tgan uchrashuvda PKK va DEASh terror tashkilotiga qarshi kurash bosh bo’lish bilan birga Suriya va Iroqdagi oxirgi vaziyat qo’lga olindi.

Mintaqada xavfsizlikni ta’minlanish maqsadida terror tashkilotlariga qarshi kurash mavzularida hamfikr ekanliklari alohida qayd etildi.

Ushbu uchrashuv ortidan Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi tomonidan berilgan bayonot natijasida, Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi raisi general Akarning kasbdoshiga “al-Bob amaliyoti” haqida ma’lumot berganligi o’rganildi.

Bayonotda general Akar, Suriyaning al-Bob shahrining yirik qismining nazorat ostiga olinganligini shuningdek hozirda qidiruv va tekshiruv faoliyatlarining boshlatilganligini ifodalagan.  

Hulusiy Akar, Suriya bilan Iroqning hududiy yaxlitligining himoya qilinishi va terrorga qarshi kurash doirasida DEASh terror tashkiloti bosh bo’lish bilan birga har qanday terror tashkilotiga qarshi samarali kurash olib borilishi kerakligini ham eslatib, koalitsiya kuchlarining bu boradagi yordamining ortishining qanchalik ahamiyatli ekanligini ham ta’kidlagan.

 



Aloqador xabarlar