Turkiyada dam olmoqchi bo’lgan rus sayyohlar yozgi ta'til mavsumini kutmoqda
Rossiyada sayyohlik shirkatlari orqali sayohatga otlanganlarning 50%i Turkiyada dam olishni afzal ko’rmoqda.

Rus turistlar yana Turkiyani tanladi.
Rossiyada sayyohlik shirkatlari orqali sayohatga otlanganlarning 50%i Turkiyada dam olishni afzal ko’rmoqda.
Rossiya sayyohlik operatorlari uyushmasi, mamlakatdagi sayyohlik operatorlari va agentliklari tomonidan berilgan hisobotga tayanib ushbu ma’lumotni bergan.
Turkiyada dam olmoqchi bo’lgan rus sayyohlar sentyabr oyidayoq ta’til uchun kerakli to’lovlarni to’lab bo’lgan.
“Rus sayyohlar Turkiyani sog’indi. Ruslar ta’til pulini muddatidan oldin to’lagan holda chegirimdan foydalanmoqda”,-deydi sayyohlik shirkatlari xodimlari.
Rossiya pul birligi rublning oxirgi paytlarda qiymat qozongani va Turkiyadagi mehmonxonalarning bahosi arzonlagani rus sayyohlarni Turkiyaga jalb qiladi.
Turkiyada turizm sektoriga bo’lgan talab 2015 yilga nisbatan ikki barobar ortish ko’rsatgan.
Ruslar asosan, Turkiyaning dengiz bo’yida joylashgan Alaniya, Side va Kemer kabi turistik maskanlarida dam olishni xohlaydi.
Ushbu turistik maskanlardagi mehmonxonalar bahosini 50%gacha arzonlashtirgan.
Aloqador xabarlar

Milliy Mudofaa vazirligida muhim yigʻilish uyushtirildi
Anqaradagi terakt ortidan Milliy Mudofaa vazirligida muhim yigʻilish boʻlib oʻtdi.