Beshiktoh O’rtako’yda bir tungi klubga hujum uyushtirgan bosinchi qo'lga tushirildi

Beshiktoh O’rtako’yda yangi yil oqshomi bir tungi klubga hujum uyushtirgan deb iddaosi  ta’qib etilgan Abdulqadir Mashariov  nazoratga olindi.

652720
Beshiktoh O’rtako’yda bir tungi klubga hujum uyushtirgan bosinchi qo'lga tushirildi

Yangi  yil tuni Istanbulda bir tungi klubga hujum uyushtirib 39 nafarning halok bo’lishiga sabab bo’lgan Abdulqadir Masharipov, Esenyurtda DEASh terror tashkiloti uyiga uyushtirilgan operatsiyada   natijasida nazoratga olindi.

Milliy xavfsizlik tashkiloti va xavfsizlikni saqlash  birliklari  uyushtirgan operatsiyada, terrorist bilan bir qatorda bir nafari Qirg’iz  va 3 nafar ayol jami  5 nafar nazoratga olindi.

Beshiktosh O’rtako’ydagi hujumdan so’ngra terroristni   qo’lga olishi uchun 17 kundir jadal bir faoliyat davom ettirgan politsiyachilar farqli shaharlarda operatsiya uyushtirdi.

Terroristning izini topgan politsiya aloqalarini ham  aniqlash uchun ta’qibini  davom ettirdi.

Istanbul xavfsizlikni saqlash mudirligi terror bilan kurash  bo’lim guruhlari, O’rtako’y bosqinchisi Esenyurtda saqlanganini  belgilandi.

Politsiya turli manzillarga ayni zamonda operatsiya uyushtirdi va bosqinchi Esenyurt 911 ko’chada saqlangan uyida qo’lga tushirildi.

Nazoratga olinganlar, tibbiy ko’rikdan o’tkazilgandan keyin, Vatan shoh ko’chasidagi Istanbul xavfsizlikni saqlash mudirligiga olib borildi.

Nazoratga olingan 5 nafardan  3 Misr, Senegal va Somali yurtdoshi ayollar ekanligi aniqlandi,  terroristlar, xarid va ko’chishda diqqatlarni   o’ziga qaratmaslik uchun bu kishilardan foydalangani ma’lum bo’ldi.  

Ayblanuvchilar ushlangandan keyin mazkur uyda  uzoq muddatdan beri qolgani aniqlandi.

Terrorist tashkilot DEAShning o’zbek tashkilotlanishiga qarata Istanbulning 5 tumanida uyushtirilgan operatsiyada juda ko’p sonda kishi nazoratga olindi.

Bosqin ijrochisi  nazoratga olingandan keyin Bosh vaziri o’rinbosari Numan Kurtulmush ijtimoiy tarmog’dan  bir izohot berdi.

“ O’rtako’y  qotilini qo’lga tushirgan politsiyachilarni tabrik etgan  Numan Kurtulmush, “Terror va ortidagi kuchlar bilan kurashimiz to  oxirigacha davom etadi.”  Deb bildirdi.

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’lu,  “ Ichki ishlar vazir Sulaymon So’ylu birinchi o’rinda bo’lib xavfsizlikni saqlash va razvedka tashkilotimiza millatimiz  nomidan tashakkurlarini bildirdilar .” deb xabar berildi.

 



Aloqador xabarlar