Prezident Erdog’an, Barack Obama bilan telefon orqali gaplashdi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an, Amerika Qo’shma Shtatlari rahbari Barack Obama bilan telefon orqali gaplashdi.

643733
Prezident Erdog’an, Barack Obama bilan telefon orqali gaplashdi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an, Amerika Qo’shma Shtatlari rahbari Barack Obama bilan telefon orqali gaplashdi.

Obama, yangi yil kuni kechasi Turkiyaning Istanbul viloyati, O’rtako’y tumanida; 2016-yilning 17-dekabri kuni esa Kayseri viloyatida sodir etilgan terror hujumlari oqibatida jon berganlar uchun Erdog’anga chuqur ta’ziya izhor etdi. Tan jarohati olganlarga esa shifo tiladi.  

Ikkala lider ushbu uchrashuvda, terrorga qarshi kurash doirasida Turkiya bilan AQShning birgalikda faoliyat olib borishni davom ettirajagini ta’kidladi.

AQSh rahbari Obama, Suriyadagi o’q uzishni to’xtatish kelishuvining butun Suriya boylab keng tarqashini va rejim kuchlari bilan muxolifat o’rtasidagi siyosiy muzokaralarning boshlashini ta’minlash maqsadida Turkiya olib borgan faoliyatning minnatdorchilik bilan qarshi olganligini belgilab o’tdi.   

Iroq va Suriyada DEASh terror tashkilotiga qarshi olib borilgan kurash doirasida qayd etilgan oxirgi yangiliklar qo’lga olingan uchrashuvda, Prezident Erdog’an bilan AQSh rahbari Obama, bu mavzuda Turkiya bilan AQShning har doim yaqin hamkorlik ichida faoliyat olib borishga davom etishlari kerakligi to’g’risida kelishib oldilar.  

Kipr masalasiga ham to’xtalgan uchrashuvda ikkala lider, hozirgi kunda davom etgan muzokara jarayonining, ikki tomonning birligining ta’minlanishi bilan natijalanishini tiladi.



Aloqador xabarlar