Istanbuldagi terror hujumi va terrorchini nazoratga olish faoliyati davom etmoqda...

Istanbul  O’rtako’yda bir tungi klubda  uyushtirilgan qurolli terror hujumi oqibatida  bir nafari politsiyachi  39 nafar halok bo’ladi, 65 nafar esa yaralandi.

642143
Istanbuldagi terror hujumi va terrorchini nazoratga olish faoliyati davom etmoqda...

Istanbul  O’rtako’yda bir tungi klubda  uyushtirilgan qurolli terror hujumi oqibatida  bir nafari politsiyachi  39 nafar halok bo’ladi, 65 nafar esa yaralandi.

Istanbul  Gubernatori Vasif Shahin hujum bilan aloqali  qilgan izohida, bir nafar terrorist avtomat qurol  bilan avval eshikda kutib turgan politsiya xodimini va bir nafar yurtdoshni shahid qildi va ortidan ichkariga kirib  vahshiyona  va shafqatsiz ravishda ma’sum odamlarni o’qqa tutganini aytdi.

Ichki ishlar vaziri Suleyman So’ylu ham, hujumni amalga oshirgan terroristni nazoratga olish uchun faoliyatlar  davom etganini bildirdi.  

Hayotdan ko’z yumganlardan 20 nafarining kimligi aniqlandi, bulardan 15 nafari chet ellik ekanini ifoda etgan So’ylu  kimliklarini aniqlash uchun   faoliyatlar  davom etganini ma’lum qildi.

Sog’likni saqlash vaziri Rajab Akdag’ ham, Ichki ishlar vaziri bilan birgalikda yaradorlarni shifoxonada ziyorat etar ekan, shifoxonada  muolaja qilinayotgan 65 yaradordan 4 nafarining vaziyati juda og’ir deb  bildirdi.

Akdag’, yaradorlar  ichida juda ko’p sonda chet ellik ham mavjud deb bildirdi.

Oila va ijtimoiy siyosatlar vaziri Fatma Betul Sayan Kaya  esa yaradorlar qatorida,  juda ko’p marotaba Turkiyaga kelgan, Turkiyani bilgan va tanigan xorijiylar   deb aytdi.

Kaya,

“ Saudiya Arabistonlik, Marokashlik, Livanlik, Liviyalik, farqli millatlardan yurtdoshlar mavjud” deb bildirdi.

Isroil Tashqi ishlar vazirligi qilgan izohida esa hujumda halok bo’lganlar qatorida 19 yoshdagi Isroillik ayol Leanne Nasser ham  mavjud bo’lganini bildirdi.

Prezident Rajab Toyyib Erdo’g’an ham, terror hujumlarining ortidan rasmiylardan ma’lumot oldi.

Erdo’g’an, Bosh vazir Binali Yildirim, Istanbul gubernatori Vasip Shahin va Istanbulning  Respublika Bosh prokurori Irfan  Fidan bilan telefon orqali uchrashuv o’tkazdi.  

Voqea tufayli juda g’amgin ekanini aytgan Prezident Erdo’g’an, o’zgarishlarni yaqindan kuzatib borganlarini, qurbon va yaradorlar borasida ham   ma’lumot  oldi.  

 

 


Tanlangan kalimalar: #Istanbul , #Terror , #Halok , #Yarador , #Tungi Klub

Aloqador xabarlar