Ibrahim Kalin Suriyadagi ichki urush va Andrey Karlov suiqasdini baholadi

Prezident voizi Ibrahim Kalin Prezidentlik qarorgohida bugun uyushtirgan matbuot anjumani chog'ida Suriyadagi ichki urush va Rossiya Federatsiyasining Anqaradagi Favqulodda va muxtor elchisi Andrey Karlovning o’ldirilishi masalasini baholadi.

638252
Ibrahim Kalin Suriyadagi ichki urush va Andrey Karlov suiqasdini baholadi

Prezident voizi Ibrahim Kalin, Suriyaning Halab shahridan roppa-rosa 44 ming kishining evakuatsiya qilinib, Idlibga olib borilganligini shuningdek ularning eng asosiy ehtiyojlarining ta’minlanishi uchun kerakli barcha chora-tadbirlarning olinganligini ma’lum qildi.

Turkiyaning, Suriyaning Halab viloyatining al-Bob tumani atrofida olib borgan “Firat qalqoni” amaliyotining oxirgi bo’sqichining, terrorga qarshi kurash doirasida DEASh terror tashkilotiga qaratilganligiga e’tibor qaratgan Ibrahim Kalin,

“To’xtamay, DEASh terror tashkilotiga qarshi kurash doirasida Turkiyani tanqid qilgan muhitlarning, Azez-Jarablus liniyasi, Dabik va al-Bob nuqtasida olib borilgan amaliyotni qo’llab-quvvatlamaganligi qabul qilinmay turgan vaziyatda” dedi.  

Suriyaning Halab viloyatining al-Bob tumani atrofida to’qnashuvlar bilan amaliyotlarning avj olganligini ta’kidlagan Ibrahim Kalin,

“Aytib o’tish joizki mintaqada, ayniqsa tinch aholiga ziyon yetmasligi uchun Turk qurolli kuchlari ehtiyotkorlik bilan faoliyat olib bordi. O’tgan hafta olib borilgan amaliyotlar doirasida yuzlab DEASh terror tashkiloti obyekti yo’q qilindi va 226 nafar DEASh terror tashkiloti a’zosi o’ldirildi. Bu amaliyotlar hozirda davom etmoqda, bundan keyin ham davom etadi. Bu bizning milliy xavfsizligimiz jihatidan katta ahamiyat kasb etadi. Shuningdek DEASh terror tashkilotiga qarshi olib borilgan kurashlar orasida eng keng ko’lamlisi deyish mumkin” dedi.   

Ibrahim Kalin, “DEASh terror tashkiloti Rakkadagi xudkushlarini al-Bobga yubordi” degan iddiolar to’g’risida esa,

“Bu terror tashkiloti haqida turli ma’lumotlarni qo’lga kiritish uchun razvedka organlari, Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi o’z faoliyatini davom ettirmoqda shuningdek ular hujmining oldini olish uchun ham chora-tadbir ko’rmoqda. Urush maydonida nima bo’lishidan qat’iy nazar Turkiyaning qarorliligi huddi shunday uzluksiz davom etmoqda. Bu amaliyot mutlaqo ko’zlagan maqsadiga yetib, ijobiy ma’noda tamomlanadi” deya gapirdi.      

Suriyaning hududiy yaxlitligini himoya qilguvchi, xalqning barcha qatlamlari nomidan vakil tayin qilguvchi adolatli boshqaruv tuzimi tashkil topmay turib urushning to’xtashining imkonsiz ekanligini belgilab o’tgan Kalin,

“Olti yildan beri davom etgan zamonaviy davrning eng qonli urushini bir amallab to’xtatishga majburmiz. Bu mavzuda hamma, dunyoning butun davlatlari o’z zimmasiga tushgan vazifasini bajo keltirishi darkor. Rossiyadan Eronga, Yevropasidan Birlashgan Millatlar Tashkilotiga, Amerikasiga… barchaning muhim javobgarchiligi bor. Konstruktiv yondashish, muammoni hal qilish uchun e’tiborli bo’lish darkor. Vaziyat shuni talab qilmoqda. Biz shunday fikrdamiz” dedi.  

Ibrahim Kalin, Rossiya Federatsiyasining Anqaradagi Favqulodda va muxtor elchisi Andrey Karlovning o’ldirilishi masalasiga ham to’xtalar ekan,

“Bizga yetib kelgan ma’lumotlarning barchasi hozircha FETO terror tashkilotiga e’tibor qaratmoqda. Ana shu terror hujumi, suiqasd tashabbusi bilan bu FETO va uning ortidagi boshqa kuchlar ko’zlagan maqsadiga erisholmadi. Yani Turkiya-Rossiya munosabatini buzish, bu ikki mamlakat o’rtasida yangi inqiroz yaratish uchun qo’l urgan suiqasd tashabbusi ular umidini puchga chiqardi” dedi.



Aloqador xabarlar