Mehmet Demirtash:"Adanadagi terrorchilik harakati PKK terror tashkilotining qilmishi"

Ma'lum bo'lishicha, Adanadagi terrorchilik harakati PKK terror tashkilotiga xizmat qilgan TAK ekstremist guruhi tomonidan sodir qilingani haqida hokimiyatga ma’lumot kelib tushgan.

620507
Mehmet Demirtash:"Adanadagi terrorchilik harakati PKK terror tashkilotining qilmishi"

Adana shahar hokimi Mehmet Demirtash shu yilning 24 noyabr kuni hokimiyat oldida sodir bo’lgan portlash terror tashkiloti PKKning qilmishi ekanini ma’lum qildi.

Uning aytishicha, Adanadagi terrorchilik harakati PKK terror tashkilotiga xizmat qilgan TAK ekstremist guruhi tomonidan sodir qilingani haqida hokimiyatga ma’lumot kelib tushgan.

“Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, Adanadagi terror hujumida PKKning qo’li bor. PKK bilan TAK ayni terror tashkilotidir”,-deydi Adana hokimi Demirtash.

Eslatma: kuni kecha Adana hokimiyati oldida bombali terror hujumi sodir qilingan edi. Ushbu hujumda 2 kishi hayotdan ko’z yumgan edi, 33 kishi yaralangan edi.

Terror hujumi oqibatida hokimiyat binosida katta moddiy talofat yuzaga keldi, hokimiyat garajidagi mashinalar harobaga aylandi.

 

 

 



Aloqador xabarlar