Turk rasmiylari bugun ertalab Adanada yuz bergan terkatni keskin qoraladi

Eslatib o'tamiz bugun ertalab Adana gubernatorligiga yaqin joyda joylashgan bir ochiq avtoparkda terakt yuz berdi. Oqibatida 2 kishi jon berar ekan, 33 kishi tan jarohati oldi.

617191
Turk rasmiylari bugun ertalab Adanada yuz bergan terkatni keskin qoraladi

Bosh vazir Binali Yildirim, hujum to’g’risida tegishli vazirliklardan ma’lumot oldi.

Bosh vazir o’rinbosari Numan Kurtulmush esa bu haqida;

“Mintaqada o’ynalgan o’yinni buzganligi uchun nishonga olingan Turkiya, terrorga bosh egmaydi. Terrorga qarshi boshlatgan kurashini qarorlilik bilan davom ettiradi. Adanadagi xoin hujumni keskin qoralayman. Terrorni va uni qo’llab-quvvatlaganlarni esa lanatlayman. Jon berganlarga Olloxdan rahmat tilar ekanman, tan jarohati olganlarga shifo tilayman” dedi.

Bosh vazir o’rinbosari Nurettin Janikli esa,  

“Turkiya, terrorga va ularni qo’llab-quvvatlaganlarga qaramay o’z ittifoqini va kuchini saqlab qoladi. Bu muqaddas qadamlarga hech kim mone’lik qilolmaydi” dedi.  

Yevropa ittifoqi vaziri va Bosh muzokarachi O’mer Chelik, o’zining shaxsiy twitter sahifasi orqali voqeaning terror hujumi ekanligini ma’lum qilib,

“Lanatli terrorizm, insonlarimizni nishonga olishni davom ettirmoqda. Insonlik uchun, bu terrorizmga qarshi oxirigacha kurash olib borishni davom ettiramiz” dedi.

Hujumni, bugun Adanada boshlagan 7-Turkiya Energetika sammitida ishtirok etayotgan Energiya va tabiiy manbaalar vaziri Berat Albayrak ham keskin qoraladi.

Berat Albayrak bu haqida;

“Terrorga boy sunmaslik uchun bugun Adanada boshlagan Energetika sammiti dasturimizni bekor qilganimiz yo’q. Bu xalq, bu hujumga qo’l urganlarni ham, ularni qo’llab-quvvatlaganlarni ham 21-asrda boshqa joyga ko’madi” ” dedi.

Shuningdek, AQShning Anqaradagi elchiligi ham hujumni o’zining ijtimoiy tarmog’i orqali keskin qoraladi.

AQSh elchiligi bu haqida,

“Adanadagi teraktni keskin qoralaymiz. Jon berganlar uchun motam tutib, tan jarohati olganlarga shifo tilaymiz. Terrorga qarshi kurashda Turkiyaning yonidamiz” dedi.

 


Tanlangan kalimalar: #Adana , #terakt , #hujum , #gubernatorlik binosi

Aloqador xabarlar