Bugun ertalab Turkiyada terakt yuz berdi

Bugun ertalab Turkiyaning eng yirik shaharlaridan biri hisoblangan Adanada terakt yuz berdi.

616647
Bugun ertalab Turkiyada terakt yuz berdi

Adana gubernatorligiga yaqin joyda joylashgan bir ochiq avtoparkda bugun ertalab terakt yuz berdi.

Ushbu terakt oqibatida 2 kishi jon berar ekan, 16 kishi tan jarohati oldi.

Portlash yuz bergan manzilga ko’plab tez yordam mashinasi va o't o'chiruvchi guruhlar  yuborildi.

Politsiya xodimlari, gubernatorlik binosiga qaragan yo’llarni xavfsizlikni ta’minlash yuzasidan vaqtinchalik yopib qo’ydi.

Yevropa ittifoqi vaziri va Bosh muzokarachi O’mer Chelik, o’zining shaxsiy twitter sahifasi orqali voqeaning terror hujumi ekanligini ma’lum qilib,

“Lanatli terrorizm, insonlarimizni nishonga olishni davom ettirmoqda. Insonlik uchun, bu terrorizmga qarshi oxirigacha kurash olib borishni davom ettiramiz” dedi.


Tanlangan kalimalar: #Adana , #Turkiyaning Adana viloyati , #terakt

Aloqador xabarlar