Adanada yuz bergan terakt oqibatida tan jarohati olganlar soni ortdi

Turkiyaning eng yirik oltinchi shahri hisoblangan Adanada, bugun ertalab yuz bergan terakt oqibatida tan jarohati olganlar soni ortdi.

616827
Adanada yuz bergan terakt oqibatida tan jarohati olganlar soni ortdi

Adana gubernatorligiga yaqin joyda joylashgan bir ochiq avtoparkda bugun ertalab terakt yuz berdi.

Ushbu terakt oqibatida ilk aniqlashlarga ko’ra 2 kishi jon berar ekan, 16 kishi tan jarohati olgan edi. Hozirda esa tan jarohati olganlar sonining 33 nafarga yetganligi aniqlandi.

Adana gubernatori hujumning bir ayol kishi tomonidan mashinada uyushtirilganligini ma’lum qildi. Mashina nomeri esa Turkiyaning Mersin viloyatiga oid.

Mexnat va ijtimoiy xavfsizlik vaziri Mehmet Muezzino’g’li esa, tan jarohati olganlardan 5 nafarining vaziyatining og’ir ekanligini ma’lum qildi.  

Portlash ortidan voqea yuz bergan manzilga ko’plab tez yordam mashinasi va o’t o’chiruvchi guruhlar  yuborildi.

Portlashning ta’sirida gubernatorlik binosi katta ziyon ko’rdi.

Politsiya xodimlari, gubernatorlik binosiga qaragan yo’llarni xavfsizlikni ta’minlash yuzasidan vaqtinchalik yopib qo’ydi. Shuningdek voqea doirasida avtopark darvozasidagi 1 nafar xavfsizlik xodimi nazorat ostiga olindi.

Yevropa ittifoqi vaziri va Bosh muzokarachi O’mer Chelik, o’zining shaxsiy twitter sahifasi orqali voqeaning terror hujumi ekanligini ma’lum qilib,

“Lanatli terrorizm, insonlarimizni nishonga olishni davom ettirmoqda. Insonlik uchun, bu terrorizmga qarshi oxirigacha kurash olib borishni davom ettiramiz” dedi.

Ushbu teraktni Bosh vazir o’rinbosari Numan Kurtulmush ham keskin qoralar ekan u o’z so’zida;

“Mintaqada o’ynalgan o’yinni buzganligi uchun nishonga olingan Turkiya, terrorga bosh egmaydi. Terrorga qarshi boshlatgan kurashini qarorlilik bilan davom ettiradi. Adanadagi xoin hujumni keskin qoralayman. Terrorni va uni qo’llab-quvvatlaganlarni esa lanatlayman. Jon berganlarga Olloxdan rahmat tilar ekanman, tan jarohati olganlarga shifo tilayman” dedi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Adana , #terakt , #Adana gubernatorligi

Aloqador xabarlar