Belorus Tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey, Turkiya va belorus aloqalarini muhokama qildi

Belorus Tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey, Prezident Alexander Lukashenko va Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo’g’an o’rtasidagi ishonchga tayangan uchrashuvlar, ikki o’lka  aloqalarini  yangi bir saviya chiqishin ta’min etganini   ma’lum qildi.

608620
Belorus Tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey, Turkiya va belorus aloqalarini muhokama qildi

Belorus Tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey, Prezident Alexander Lukashenko va Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo’g’an o’rtasidagi ishonchga tayangan uchrashuvlar, ikki o’lka  aloqalarini  yangi bir saviya chiqishin ta’min etganini   ma’lum qildi.  

Valdimir Makey, Prezident Erdo’g’an Minskga uyushtiradigan  ziyorati oldi Onado’li agentligiga (AA) bergan reportajida ikki o’lka aloqalarini muhokama qildi.

Ushbu aloqalar faol ravishda rivojlanadi degan Makey,

“ Prezident Erdo’g’anning  safari mavjud aloqalarni yana ilgari saviyaga  olib borish uchun muhim bir qadam bo’lishini  umid qilamiz. Ushbu safar ikki o’lka savdo va iqtisodiy aloqalarining tezda kuchli  ravishda rivojlanishini kutamiz” dedi.

Turkiya- belorus aralash iqtisodiy komissiyasi  faol bir shaklda faoliyat qilgani diqqat qaratgan Makey, ikki o’lkaning yuqori saviyali safarlari, ish olamining do’st bo’lishiga hissa qo’shganini va buning natijasida o’zaro foyda ta’min etgan loyihalarni hayotga tatbiq etganini  tilga oladi.

Ta’lim sohasidagi hamkorlikni ham rivojlantirmoqchi ekani anglatgan Vladimir Makey,

“ Holi hozir 200dan ortiq Turk talabasi  Belorusda  ta’lim olmoqda. ushbu sonning ortishi mumkinligini  o’ylaymiz. İlm, texnologiya va inovasiya sohalarida  ham hamkorlikni rivojlantira olamiz” deb  ma’lum qildi.

Oxirgi  yillarda jahon savdo  tashkilotiga a’zo bo’lish  tashabbusini tezlashtirganlarini ifoda etgan Makey,

“ Bu ham biz uchun, ham savdo hamda savdo sheriklarimiz uchun juda muhim. Turkiya bu mavzuda juda muhim rol o’ynamoqda. Chunki Turkiya Belorusning  jahon savdo  tashkilotiga   a’zo bo’lish  faoliyat guruhi va 2010dan beri bu guruh rahbariyatini  Turkiya namoyandasi yuritmoqda. Turkiya jahon savdo  tashkilotiga a’zoligimiz mavzusida ko’rsatgan uslubi  sababli  minnatdormiz ” deb ma’lum qildi.

 



Aloqador xabarlar