Amerikada boshlangan Tramp davri Turkiyaga qanday ta’sir ko’rsatadi?

Turkiyada 15 iyul voqealaridan so'ng, Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’anni maqtagan Tramp: “Bu harakat to’ntaruv emas. Bu faqatgina to’ntaruvga tashabbus sifatida qoldi xalos. Erdog’anning bularni bartaraf etishiga ishonaman”,-degandi.

607258
Amerikada boshlangan Tramp davri Turkiyaga qanday ta’sir ko’rsatadi?

Respublikachilar partiyasi nomzodi Donald Tramp AQShning 45-prezidenti etib saylandi.

Amerikada boshlangan Tramp davri Turkiyaga qanday ta’sir ko’rsatadi?

Bu savolning javobi Trampning bundan oldingi izohlarida go’yo saqlangandek ...

Tramp shu yilning iyul oyida “The New York Times” gazetasiga bergan intervyusida Turkiyaga nisbatan o'z munosabatini ifoda etgandi.

Fathulloh Gulen harakatining 15 iyuldagi to’ntaruv tashabbusidan keyin, bergan intervyusida Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’anni maqtagan Tramp: “Bu harakat to’ntaruv emas. Bu faqatgina to’ntaruvga tashabbus sifatida qoldi xalos. Erdog’anning bularni bartaraf etishiga ishonaman”,-degandi.

Donald Tramp Amerikada yashagan Fathulloh Gulenni Turkiyaga qaytarish kerakligini imo qilar ekan, Trampning Yaqin sharqdan mas’ul maslahatchisi va ayni paytda, amerikalik turk millatiga mansub Saygin Shimshek: “Fathulloh Gulenning bir terrorist ekaniga ishonamiz. Gulen nafaqat Turkiyada, balki butun dunyoda o’z a’zolariga ega bo’lgan bir terroristdir. U Amerikaning Pensilvaniya shtatida yashaydi. U uzoq yillar mobaynida  Klinton oilasi bilan moddiy va ma’naviy jihatdan yaqin bo’lgan. Turkiya hukumati bugungacha Fathulloh Gulen ustidan uch marta jinoiy ish qo’zg’atdi. Turkiya uni sud qilish uchun Amerika hukumatidan talab qildi. Lekin, prezident Obama hukumati bu talabni inobatga olmadi. Janob Tramp esa, intervyularida bunday terror tashkilotlari, diniy ekstremist oqimlarga qarshi kurash olib borishini ma’lum qildi”,-dedi.

Tramp agar, prezident etib saylansa, ittifoqdosh davlatlarda yuzaga kelgan inson huquqlari poymollariga qarshi kurashib, yoki kurashmasligiga doir savolga javob berar ekan, Amerika boshqa davlatlarga tazyiq o’tkazishdan oldin o’zining ichidagi buzuqliklarni tuzatishi kerakligini aytgandi.

“Menimcha boshqalarga gap otishga haqqimiz yo’q. Mamlakatimizda ro’y bergan hodisalarga bir qarang! Ba’zilari politsiya xodimini bemalol o’ldirar ekan, qanday qilib boshqalarga nasihat qila olamiz?”,-degandi bir intervyusida Tramp.

Biroq, Turkiya va Amerika munosabatlari bilan bog’liq emas, balki Trampning ba’zi siyosati Turkiyada qoralanishi va bu ichki siyosatning kun tartibidan joy olishi ham mumkin.

Chunki, Tramp saylov kompaniyalari paytidagi bir intervyusida, agar prezident etib saylangan taqdirda, musulmonlarning Amerikaga kelishini ta’qiqlashini aytgan edi.

AQShdagi jome’-masjidlarni qattiq tekshirish kerakligini ilgari surgan Tramp musulmonlarning xavfsizlik kuchlari tomonidan terrorizmga qarshi kurash doirasida qattiq nazoratdan o'tkazilishi kerakligini ilgari surgandi.

 



Aloqador xabarlar