Siyosiy tashvishlar va intellektual hayot

Oyoqlarimiz o’z markazimiz va kelajagimizga kuchli ravishda bosar ekan, dunyoga  ufqiga  ochiq bir nazariya bilan qarashimiz kerak, hech bir jamiyat bir an’anaga oid bo’lmasdan turib  bir kelajakka  ega bo’la olmas.

600562
Siyosiy tashvishlar va intellektual hayot

Siyosiy tashvishlar va intellektual hayot  

Oyoqlarimiz o’z markazimiz va kelajagimizga kuchli ravishda bosar ekan, dunyoga  ufqiga  ochiq bir nazariya bilan qarashimiz kerak, hech bir jamiyat bir an’anaga oid bo’lmasdan turib  bir kelajakka  ega bo’la olmas.

Musulmon olami  qiyin bir vaqt boshidan o’tkazmoqda. Adolatsiz va muammoli global nizom, vakolat urushlari, ichki urushlar, mazhab tarangliklari, ijtimoiy inqirozlar va iqtisodiy tartibsizliklar Musulmon dunyosi  uchun faqat yirik siyosiy muammolar yaratish bilan qolmaydi ayni zamonda uning intellektual va ma’naviy energiyasini ham  yo’q etishga sabab bo’lmoqda.

Natijada Musulmon olimlar, va san’atkorlar dunyo standartlarining orqasida qolmoqda va haqiqatda dunyoga aytadigan so’zlari  bo’lganini ko’ra olmaydilar.

Davom etib kelgan taranglik sharoitida itellektual, madaniy va san’at ishlari amalga oshirish uchun kerakli sharoitni topishlari  mumkinmi? Qisqa  javob albatta va Musulmon olami uzoq tarixda , barcha siyosiy muammolarga qaramasdan, yetarli  sharoitlari yaratishlari buning bir dalildir.

Islom intellektual an’ananing ba’zi katta  olimlari, juda yirik siyosiy  burilish davrlarida yashab o’tganlar.  

Ilk nasl Musulmon huquq olimlari va ilohiyot olimlari Musulmon jamoatlarda katta muammolar sodir bo’lgan bir  paytlarda,  ayniqsa  Islom payg’ambari  Hz. Muhammadning 632- yilida vafotining ortidan sodir bo’lgan siyosiy  hokimiyatni kelajak nasllarga yetkazib berish muammosi bilan aloqa o’rtaga chiqqan   muammolarga guvoh bo’lganlar.

Erta davr teologik tortishuvlar siyosiy ziddiyatlar bilan yaqindan aloqali. Islomda falsafa va ilmiy an’ana, erta davr Musulmon davlatlarining   tashkiliy  va harbiy fathlar davrining muammoli  paytlarida  rivojlanganlar.  Ummaviylar,  Abbosiylar davriga o’tish va Musulmon tuproqlari bo’yicha o’nlab Islom amirligining tuzilishida,  Musulmon olimlar  va faylasuflar  birinchi darajada  ilm ishlab chiqarishga to’siq bo’lmaganlar.  

Ularning haqiqat  va ma’lumotga bo’lgan ajoyib aloqalari Islom madaniyatining keyingi davrlarida Markaziy Osiyodan kichik Osiyogacha ,  Mesopotamiya, Shimoliy Afrikaga  va Andalusiyagacha   mavjudiyatlarining  poydevorini qo'yganlar.

Buyuk Musulmon faylasuflar, Hindi, Farabiy  va İbni Sino kabi, falsafa, mantiq, tib va musiqa sohasidagi katta asarlarini siyosiy noaniqliklar  va harbiy safarlar paytida yozganlar.

12- asrdan 15 asrgacha, Musulmon tuproqlari ikki  bosqinchi  bilan kuch kelgan: G’arbdan kelgan xochlilar  va sharqdan kelgan Mo‘g’ullar. Musulmon shaharlariga va kundalik hayotning oqishiga bergan ziyonlari  tarix kitoblarida azob tuyg’ulari bilan barobar qayd etilgan.

Barcha bularga qaramasdan, Islom madaniyatining eng katta asarlaridan ba’zilari yana bu davrda ishlab chiqarilgan.

Quddus sharifni  1187da Xochlilardan qaytarib olgan salohaddin  Ayubiyning zamondoshi  Osama ibn Munqening   mashhur bo’lgan  kitobi “ kitob al  Litibar”da  mazkur davrning jonli tafsilotlari anglatiladi.

 Guvoh bo’lgan siyosiy va harbiy to’qnashuvlarning  hech biri uning ushbu  diqqat jalb etuvchi asariga to’siq bo’lmagan.

Bundan tashqari, Ibn-Arabiy (t. 1240) va  Mavlono Jaloliddin  Rumiy (t. 1273)  kabi muhim va  yetakchi mutafakkirlarning  eng muhim asarlari  13 asrda,  eng katta ishlari,   xochli safarlari va  mo'g'ul bosqini  paytlarida yozganlar.

 Ibni Arabiy, Andalus Islomining azobiga guvoh bo’lar ekan, Rumiy Mo’g’ul istilosidan qochib bugunki kunda dafn etilgan Koniyaga boshpana olib kelib va u  bu yerda  yashaganlar.

Musulmon olamida ko’plab olim, faylasuf, olim va san’atkor G'azzoliy Suhravardi , Nosir al-Din tusi, Faxr al-Din al-Roziy, Mulla Sadrah, Ibn Kamol, Takiyuddin, Imom Rabboniy, Delhi Shah Valiullah  va boshqa intellektual va ma’maviy vazifalar va  ilmga sodiq qolib  ta’qibchi  bo’lib o’tganlar.

Tarixda eng muhim me’morlardan biri, Sinan, yodgorlik asarlarini saroy siyosai murakkab bo’lishiga qaramasdan insho etgan.

Shah Jahon, Toj Mahalni  17- asrda  qurdirgan . Islomiy kalligrafiya (chiroyli yozuv), miniatura, ebru (marbling) va mujallidlik  va 17- asrda  san'atning  eng  go'zal misollari Musulmon olami siyosiy tanglik harbiy ziddiyat bilan duchor bo’lgan asrda sodir bo’lgan

Barcha ushbu ijtimoiy va iqtisodiy inqirozlar, ushbu buyuk olimlarning va san’atkorlarning hayot va tushunchalariga hech qachon  ta’sir qoldirmagan. Faqat, hech  dunyoviy masala ilmiy  rivojlanishiga to’siq bo’lmagan. O’z zamonlarida duch kelgan ijtimoiy siyosiy qiyinchiliklarga qaramasdan insoniyatning mushtarak ilm va tajribasiga qo’shgan hissalari bugunki kunda ham davom etib kelmoqda.

Bulardan , bugunki Musulmon olami o’rganib pand olishlari kerak bo’lgan ma’lumotlardir, birinchidan, barchamiz  o’z hayotlariga ta’sir qoldirgan siyosiy muammolarni  faqatgina siyosiy vositalar bilan  yecha olmas,  yechimlari, jiddiy intellektual  sa’y- harakat ilmiy ish bilan mumkin. Shu bois, jiddiy va intellektual sa’y- harakat qilish uchun, siyosiy  muammolarning yechilishigacha  kutish aqlli bir ish emas. Zidiga, hukumatlar va ilmiy jamiyatlar jiddiy ilmi va intellektual  dasturlarga ahamiyat  berishi kerak.

Ikkinchidan, siyosiy muammolar fardlarning va millatlarning intellektual hayotlariga zarar berganicha, ochiq, tadqiq qiluvchi  zehnlar uchun ham ta’sirchan bir vazifa ko’rib fursatga aylantirishga sabab bo’la oladilar. Bosim ostida ishlash quloy emas faqat buni  mukofotlantirish kerak.  

Uchinchidan, bugunki kun Musulmonlari hanuz sohib bo’lgan boy intellektual me’rosni kashf etgan emas. Musulmonlar tomonidan ming yillik bir davrda ishlab chiqarilgan ilmiy va san’at asarlarining kichik bir qismi bugunki kunda, takror ko’zdan kechirib, yangidan chop etilgan.

Yana ham qilinishi kerak juda ko’p ishimiz bor. Bu qadar bo’lishining sababi esa, Bu asarlar bizga bugun boshimizdan o’tgan chog’ning haqiqatlarini nazarga tutib yangi bir yo’l olishimizga  yordam beradi.

Oyoqlarimizni  o’z markazimiz va kelajagimizga kuchli bir shaklda bosar ekan, dunyo ufqiga  ochiq bir nazariya bilan qarashimiz kerak. Hech bir jamiyat bir an’anaga  oid bo’lmasdan turib bir kelajak ega bo’la olmas.

Musulmon millatlar bugunki kunda  duchor bo’lgan siyosiy va iqtisodiy muammolarga  haqiqatan e’tibor berishi kerak. Bu vaziyat bizni jiddiy va uzoq muddatli intellektual, ilmiy va san’ati asarlar yozish uchun qarorli harakat qilishga to’siq bo’ladigan bir bahona bo’la olmas.

1

 


Tanlangan kalimalar: #Siyosiy , #Hayot , #Islom , #Olami , #Taraqqiyati , #Ibrahim Kalın

Aloqador xabarlar