Prezident Erdog’an, Tel-Afar bilan Sinjarning ahamiyatiga to’xtaldi

Erdog’an Prezidentlik qarorgohida Turkiya Respublikasining tashkil topishining 93-yilligiga bag’ishlangan ziyofatda jurnalistlarning kun tartibi haqidagi savollariga javob berdi.

599735
Prezident Erdog’an, Tel-Afar bilan Sinjarning ahamiyatiga to’xtaldi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an agar Iroqdagi “Hashdi Shabi” kuchlari Turkiya uchun muhim hisoblangan Tel-Afarda hujum uyushtirgudek bo’lsa unda bunga qarshi Turkiyaning farqli javob berajagini aytdi.

Erdog’an Prezidentlik qarorgohida Turkiya Respublikasining tashkil topishining 93-yilligiga bag’ishlangan ziyofatda jurnalistlarning kun tartibi haqidagi savollariga javob berdi.

“Hashdi Shabi” kuchlarining, Iroqning Mosul shahriga qarashli turkman shahri Tel-Afarga qarab ilgarilaganligi haqidagi savolga Erdog’an, “Biz olgan ma’lumotlarga ko’ra vaziyat unday emas. “Hashdi Shabi” kuchlari Mosuldan 80 kilometr uzoqda, janub tomonda. Balkim keyinchalik vaziyat o’zgargan bo’lishi mumkin lekin jiddiy ravishda ilgarilashadi deb o’ylamayman” dedi.  

Tel-Afar va Sinjarning nozik mintaqalar ekanligiga e’tibor qaratgan Prezident Erdog’an,

“Tel-Afar bilan Sinjar Turkiya uchun judayam muhim mintaqalar hisoblanadi. U mintaqalarda hujum uyushtirilishini xohlamaymiz. Bu haqida tegishli yetakchilarga ham aytdim. Tel-Afar turkman yurtidir. Shaharning yarmida shia, yarmida esa sunniy mazhablar aholisi istiqomat qiladi. Qo’laversa biz vaziyatni mazhablar ustidan emas musulmon aholisi ustidan baholayapmiz. Agar “Hashdi Shabi” mintaqada hujum uyushtirgudek bo’lsa unda Turkiya sifatida bunga qarshi farqli javob beramiz” deya gapirdi.



Aloqador xabarlar