Turkiya Oliy majlis raisi Ismail Kahraman Fransiyada...
Fransiya Senatiga tashrif buyurgan Turkiya Oliy majlis raisi Ismail Kahraman Senat raisi Gerard Larcher tomonidan kutib olindi.

Turkiya Oliy majlis raisi Ismail Kahraman Fransiyaning poytaxti Parijga rasmiy ziyorat amalga oshirdi.
Ismail Kahraman va hamrohligidagi delegatsiya Parijdagi Turkiya elchixonasi maslahatchisi diplomat Ali Onarer tomonidan kutib olindi.
Majlis raisi Ismail Kahraman dastlab, Parijdagi Turkiya konsulligida bo’ldi.
U konsullik binosida Fransiyada faoliyat ko’rsatgan turk jamiyat vakillarini qabul qildi.
So’ngra, Fransiya Senatiga tashrif buyurgan Turkiya Oliy majlis raisi Ismail Kahraman Senat raisi Gerard Larcher tomonidan kutib olindi.
Turkiya Oliy majlis raisi Ismail Kahraman bilan Fransiya Senati raisi Gerard Larcher o’rtasida bo’lib o’tgan uchrashuvga bir guruh deputatlar ham ishtirok etdi.
Ismail Kahraman bilan Gerard Larcher hay’atlararo uchrashuvlardan so’ng, o’zaro uchrashuv amalga oshirdi.
Shuningdek, Fransiya Senati raisi Gerard Larcher Turkiya Oliy majlis raisi Ismail Kahraman sharafiga ziyofat berdi.
Ismail Kahraman bugun Fransiya Oliy majlis raisi Claude Bartolone bilan uchrashadi.
Aloqador xabarlar

Prezident Erdo‘g‘an Vjosa Osmani - Sadriu bilan uchrashdi
Erdo‘g‘an Istanbulda Kosovo Prezidenti Vjosa Osmani - Sadriu bilan uchrashuv o‘tkazdi.