Turkiya va Rossiya o’rtasida Turk oqimi loyihasi uchun shartnoma imzolandi

Turkiya va Rossiya, Turk oqimi tabiiy gaz quvir liniyasi loyihasi uchun hukumatlara’ro shartnomani imzoladi.

586768
Turkiya va Rossiya o’rtasida Turk oqimi loyihasi uchun shartnoma imzolandi

Rossiyaning tabiiy gazini Turkiya orqali Yevropaga olib o’tishni ko’zlagan “Turk oqimi tabiiy gaz quvir liniyasi loyihasi” uchun hukumatlara’ro shartnomaga imzo chekildi.

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdog’an bilan Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin 1 soatu 40 daqiqa davom etgan uchrashuvi ortidan, mushtarak matbuot anjumani o’tkazdi.

“Turk oqimi” shartnomasi, Turkiya Respublikasi Energiya va tabiiy manbaalar vaziri Berat Albayrak va Rossiyaning Energiya vaziri Aleksandr Novak tomonidan imzolandi.

“Turk oqimi tabiiy gaz quvir liniyasi loyihasi” ikki liniyadan iborat bo’lib jami 31.5 milliard kub metrni tashkil etadi. Liniyalardan biri gaz bilan Turkiyani ta’minlar ekan, ikkinchisi rus gazini Turkiya orqali Yevropaga olib o’tadi.

Loyiha ilk marotaba 2014-yilning dekabr oyida Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin tomonidan ovoza qilingan edi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar