“Firat qalqoni” amaliyoti davom etmoqda

Turk qurolli kuchlari, mintaqada yashagan tinch aholiga ziyon yetkazmaslik uchun o’z faoliyatini ehtiyotkorlik bilan bajarmoqda.

571384
“Firat qalqoni” amaliyoti davom etmoqda

Turk qurolli kuchlari tomonidan yuritilayotgan “Firat qalqoni” amaliyotining 23-kunida Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi bayonot berdi.

Ushbu bayonotda, amaliyot doirasida Suriya chegarasi liniyasida, Jerablus va Rai mintaqasida haligacha nazorat qilinayotgan mintaqadagi tadbirlarni kengaytirish faoliyatlarining davom etganligi ma’lum qilindi.

Shuningdek bugungacha jami 527 nuqtaga qarshi 2 ming 255 marotaba otish amalga oshirildi.  

Shu bilan birga DEASh terror tashkiloti a’zolari tomonidan joylashtirilgan 26 ta mina bilan 671 ta qo’lda yasalgan portlaguvchi modda nazoratli ravishda portlatildi.

Undan tashqari Suriyaning chegara liniyasida haydovchisiz havo vositasi orqali uzluksiz kashfiyot va nazorat faoliyati olib borilganligi ifodalangan bayonotda, “Ofad va Favqulodda vaziyat Boshqaruvi rahbariyati bilan Qizil yarim oy jamg’armasi tomonidan Erkin Suriya armiyasi bilan tinch aholiga qaratilgan logistik faoliyatlar uzluksiz davom etmoqda.

Turk qurolli kuchlari, mintaqada yashagan tinch aholiga ziyon yetkazmaslik uchun o’z faoliyatini ehtiyotkorlik bilan bajarmoqda.



Aloqador xabarlar