Turkiyadagi suriyaliklar asta-sekin o’z yurtiga qayta boshladi

O’z yurtidagi ichki urushdan qochib Turkiyada jon saqlayotgan va “Firat qalqoni” amaliyoti doirasida DEASh terror tashkilotidan qutqarilgan Jerablusga qaytgan suriyaliklar soni 1 900ga yetdi.

570947
Turkiyadagi suriyaliklar asta-sekin o’z yurtiga qayta boshladi
cerablus'a dönüşler sürüyor.jpg

Suriyaliklar bu yilgi Qurbon hayitini qarindosh-urug’lari bilan birgalikda, Jerablusda o’tkazmoqda.

Roppa-rosa 6 yildan beri davom etgan ichki urushdan qochib Turkiyada jon saqlayotgan suriyaliklarning bir qismi, hayitning uchinchi kuni o’z yurtiga qaytish istagi bilan Turkiyaning Gaziantep viloyatidagi shahar hokimligiga murojaat qildi.

Berilgan ruxsat ortidan 1 900 nafar suriyalik uchun ro’yhatga olish jarayoni tamomlandi.

Ortidan ko’pchiligi ayollar va bolalardan iborat bo’lgan suriyalik oilalar Karkamish bojxona darvozasiga kelar ekan, tekshiruvdan o’tkazilib, Jerablusga kuzatildi.

Jerablusga qaytmoqchi bo’lganlar kerakli jarayon ortidan o’z yurtlariga qaytishlari mumkin



Aloqador xabarlar