Vanda yana 8 askar shahid bo'ldi
Bugun tong saharlab Turkiyaning Mardim viloyatidan 4 nafar shahid xabari kelar ekan kun mobaynida Van viloyatidan yana 8 ta qora xat keldi.

Turkiyaning Van viloyati, Chaldiran tumanida PKK terror tashkilotiga qarshi yuritilayotgan harbiy amaliyot chog’ida 8 askar shahid bo’lar ekan 8 askar tan jarohati oldi.
Chaldiran tumani, Tendurek tog’ida terror tashkiloti a’zolariga qarshi yuritilgan amaliyotda to’qnashuv kelib chiqdi.
Kelib chiqqan to’qnashuv oqibatida 8 askar shahid bo’ldi. Tan jarohati olgan yana 8 askar esa davolanish uchun hozirda kasalxonada.
Mintaqada terror tashkilotiga qarshi amaliyot boshlatildi.
Turk Harbiy havo kuchlari qo’mondonligiga oid uchoqlar bilan Tendurek mintaqasida uchta havo harakati uyushtirildi va oqibatida 13 PKK a’zosi o’ldirildi.
Aloqador xabarlar

Prezident Erdo‘g‘an Barzoniyni qabul qildi
Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Nechirvan Barzoniyni qabul qildi.