Vandagi terakt ortidan yana 1 nafar politsiya xodimi shahid bo’ldi

Kecha Vanda, politsiya markazi binosiga qarshi portlaguvchi modda yuklangan mashinaning portlatilishi oqibatida PKK tomonidan hujum uyushtirilgan edi.

555396
Vandagi terakt ortidan yana 1 nafar politsiya xodimi shahid bo’ldi

Kecha Turkiyaning Van viloyatida, politsiya markazi binosiga qarshi portlaguvchi modda yuklangan mashinaning portlatilishi oqibatida PKK terror tashkiloti tomonidan hujum uyushtirilgan edi. Huddi ana shu hujum oqibatida og’ir yaralangan 1 nafar politsiya xodimi, davolanayotgan kasalxonada, shifokorlarning barcha urinishlariga qaramay bugun shahid bo’ldi.

PKK terror tashkiloti a’zolari tomonidan 17-avgust kuni soat 23:15 chog’larida yuz bergan hujumda 1 nafar politsiya xodimi shahid bo’lar ekan, 2 nafar tinch aholi ham jon bergan edi. Ulardan tashqari 73 kishi tan jarohati olgan. Tan jarohati olganlardan 20 nafarining politsiya xodimlaridan ekanligi ma’lum qilingan.



Aloqador xabarlar