Qidiruvdagi askarlar qo’lga tushdi

Politsiya xodimlari ularni Koniyaning Selchuklu tumani, Yazir mahallasidagi ijaralik uyida qo’lga tushirdi.

552274
Qidiruvdagi askarlar qo’lga tushdi

Fetullahchi terror tashkiloti/ Parallel Davlat tizimining 15-iyuldagi to’ntarish tashabbusi doirasidagi tergov bo’yicha qidirilgan polkovnik Nebi Gazneli bilan polkovnik Muslum Kaya Turkiyaning Koniya viloyatida qo’lga tushdi.

Politsiya xodimlari ularni Koniyaning Selchuklu tumani, Yazir mahallasidagi ijaralik uyida qo’lga tushirdi.

Shubhalilarning 2 kundan beri Koniyada yashaganligi, Istanbulga borib, u yerdan Misrga qochishni rejalashtirganligi ma’lum bo’ldi.

Shubhalilarning Turkiya Milliy teleradiokompaniyasining bosilishi va Istanbuldagi Bog’ozichi ko’prigida xalqga o’q uzish buyrug’ini berganligi aytilmoqda.

 



Aloqador xabarlar