Shvetsiya Turkiya davlatini to'ntarishga qatnashgan Fathullohchilarni himoya qilmoqda
Associated Press xabar agentligi ma’lum qilishicha, ko’chmanchi murojaatlariga nazar tashlagan Shvetsiyadagi “Migrationsverket” tashkiloti ushbu shaxslarni “muxolif lider Fathulloh Gulenning qo’llab quvvatlovchilari” deb baholamoqda.
Shvetsiya Fathullohchi terror tashkiloti-Parallel davlat tuzilishining (FETO/PYD) 15 iyulda Turkiya davlatini to’ntarish tashabbusiga yaqindan aloqador bo’lgan shaxslarning Shvetsiyadan siyosiy boshpana talabi qabul qilinmagan taqdirda ham Turkiyaga qaytarilmasligini bildirdi.
Associated Press xabar agentligi ma’lum qilishicha, ko’chmanchi murojaatlariga nazar tashlagan Shvetsiyadagi “Migrationsverket” tashkiloti ushbu shaxslarni “muxolif lider Fathulloh Gulenning qo’llab quvvatlovchilari” deb baholamoqda.
“Migrationsverket” tashkiloti davlatni to’ntarishga shaxsan qatnashgan muxolif faollarni esa, “tahlikali guruh” ro’yxatida ekanini ma’lum qildi.
Shvetsiya tashkiloti Turkiyaga qaytarilmaydigan shaxslarning soni haqida aniq ma’lumot bermadi.
“Turkiyadagi dolzarb vaziyatga doir yana ham ko’proq ma’lumotga ehtiyoj bor”,-deydi “Migrationsverket” tashkiloti mutasaddilari.
Xabarga ko’ra, Shvetsiyadan siyosiy boshpana talab qilgan shaxslarning Turkiyaga qaytarilmasligiga doir qaror, to’ntaruv tashabbusidan uch kun keyin olindi va bugun rasmiy ravishda e’lon qilindi.
Davlatlarni “xavfsiz” yoki “xavfli” deya klassifikatsiya qilmasligini ma’lum qilgan tashkiloti kotibi Guna Graufeldning aytishicha, har bir murojaat qunt bilan ko’zdan kechiriladi.